Marat Bikmaev "Aktobe"dan ketdi
18 dek 2013 14:08
Yangiliklar
"Muxlislarimizga barchasi uchun rahmat, ularsiz biz chempion bo'la olmasdik, menga ishongan muxlislarga alohida rahmat. Yaqinda oyog'im operaciya qilingandi, oldinda yana bir operaciya kutib turibdi. Hozircha tiklanish jarayonini o'tkazmoqdaman. FK "Aktobe" futbolchisi hisoblanmayman, ammo jarohatimni butkul davolab bo'lgach balki sizlar bilan yana uchrasharmiz!!! Barcha muxlislarga va 13 sektorga rahmat!!! Barchangizni sevman!!! "Aktobe" chempion!!!", - deb yozadi Bikmaev klubning muxlislar saytiga.
Klubdagilar ham Bikmaev ketganini tasdiqlashdi. Hamyurtimiz "Aktobe"ga 2012 yilda kelgandi. Bu vaqt ichida u klub safida 21ta o'yin o'tkazdi. 2013 yilgi Qozog'iston chempionatining 9-turidan o'rin olgan "Aktobe" - "Tobol" uchrashuvining 13-daqiqasida Marat Bikmaev og'ir jarohat olib maydonni tark etgandi. SHundan buyon u qaytib maydonga tushgani yo'q. Oldinroq Bikmaev "Paxtakor", "Krilya Sovetov", "Rubin" va "Alaniya" kabi klublarda o'ynagan.

Fikrlar