Maradona: “Messining to'yiga taklifnomani qaerdadir yo'qotib qo'ydim”
02 iyu 2017 01:07
Yangiliklar
Maradona: “Messining to'yiga taklifnomani qaerdadir yo'qotib qo'ydim”
Argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradona “Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini nikoh to'yi munosabati bilan tabrikladi.
“Messining to'yining taklifnomasini qaerdadir yo'qotib qo'ydim, ammo bu mening Messiga bo'lgan munosabatimni o'zgartirmaydi. U yaxshi yigit va uni tabriklayman. Leo men uni juda yaxshi ko'rishimni biladi”, deydi Maradona.
Fikrlar