So’nggi yangiliklar

02:23Ўзбекистон U-18 Озарбайжон U-18ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:18ЖЧ. Нидерландия, Кипр, Хорватия йирик натижага эришди ва бошқа натижалар  0 02:10Ашурматов: "Уругвайда қандай таркиб бўлишини бизга қизиғи йўқ"  1 01:57Шомуродов: "Биринчи навбатда натижа учун ҳаракат қиламиз"  1 00:16Ўзбекистон U20 Қозоғистон U20ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 22:55Кафу: "Бразилия ЖЧ-2026ни ютиши мумкин"  3 22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0 22:13Зидан: "Мен қайтаман"  1 21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  1 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  1 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  5 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  3

MAQOLA. O'zbekistonda to'p tepgan birinchi iroqlik futbolchi yodingizdami? Yangiliklar

MAQOLA. O'zbekistonda to'p tepgan birinchi iroqlik futbolchi yodingizdami?

"Paxtakor" jamoasi tarkibiga qishki transferlar oynasida iroqlik futbolchi Bashar Resan kelib qo'shilishi haqida xabar bergan edik.

CHempionatimizda iroqlik futbolchining paydo bo'lishi ilk bor sodir bo'layotgani yo'q. 2011 yil o'rtamiyona "Andijon" safida iroqlik mashhur futbolchi Haydar Abdulrazzoq paydo bo'lgandi. Quyida uning faoliyati va hayoti haqida hikoya qilamiz.


Futbolga kirib kelishi 

Haydar Abdul Razzoq 1982 yil 9 iyun kuni Iroq poytaxti Bag'dod shahrida tug'ilgan. Futboldagi ilk qadamlarini 1995 yil 13 yoshida "Talaba" yoshlar jamoasida tashlagan. Qaysidir manoda bu uning uchun debocha vazifasini, o'tab bergandi. 1996 yilda Nazar Ashraf "Talaba"ning asosiy jamoasiga 5 nafar futbolchini jalb qiladi. Ulardan biri qahramonimiz edi. Oradan 2 yil o'tgach Adnan Hamad tomonidan Iroqning yoshlar jamoasiga jalb etiladi. 2000 yil ular o'z yosh toifalaridagi Osiyo chempionatida g'olib chiqishadi. Finalda Yaponiya taslim qilinadi (2:1).

Terma jamoadagi faoliyati 

Mazkur muvaffaqiyat bir necha nafar futbolchilar qatorida Haydar Abdul Razzoqga milliy terma jamoa eshiklarini ochadi. U 2000 yil 31 yanvar sanasida Milan Zivadnovich boshchiligida JCH-2002 saralash bosqichida Iroq safida debyut qiladi (Livan - Iroq 0:0). Haydar olimpiya terma jamoasi bilan Afina Olimpiyadasiga yo'llanma olibgina qolmay, musobaqani faxrli 4 o'rin bilan tugatadi. Osiyo kubogidan keyingi bu navbatdagi yutuq hisoblanardi. Ammo hali tugagani yo'q edi. Uning eng katta yutug'i shubhasiz 2007 yil 4 davlat, Tailand, Malayziya, Vetnam, Indoneziya mezbonligida o'tgan Osiyo kubogidagi g'oliblikdir. Yunus Mahmud kabi yulduzli tarkibga ega Iroq finalda Saudiya Arabistonini taslim qiladi (1:0). Final Haydarning terma jamoadagi oxirgi uchrashuvi bo'ldi. 

Qaysi klublarda to'p tepgan?

To'p tepar faoliyatining asosiy qismini Iroqda o'tkazdi ("Al Talaba", "Al Ittihod", "Duxok", "Al Zavra", "Al Karx", "Sulaymoniya"). Legioner sifatida Qatarning "Al Ahli SK", Livanning "Al Ansor", "Al Ahli Saida SK", O'zbekistonning "Andijon" jamoalarida harakat qildi. 2007 yildan so'ng uning karrerasida pasayish yuzaga keldi va avvalgi darajasiga qayta olgani yo'q. 

"Andijon"dagi faoliyat

2011 yilgi Turkiyadagi qishki o'quv-mashg'ulot yig'iniga Haydar Abdul Razzoq kelib qo'shiladi. Biroq 3-4ta uchrashuvda maydonga tushganidan bilish mumkinki, mamlakatimizdagi faoliyati ko'ngiladgidek chiqmagan. Klubda faoliyat olib borgan xodimlarning aytishicha, buni ko'proq yangi chempionatga moslaga olmaslik bilan bog'lashgan. Yana bir malumot oraliqdagi tanaffusda u o'z yurtiga yo'l oladi. SHundan so'ng uni klubda ko'rishmaydi. U hattoki klubga o'zining tarjimoni bilan kelgandi. O'sha yili "Andijon" 28 ochko bilan 12 o'rinni egallab elitada qolishni uddasidan chiqqan. 

Haydar Abdul Razzoq vafot etishi voqealari 

Sobiq futbolchi 2022 yilning 5 iyun sanasida Iroq poytaxtida nomalum shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ular 5 kishini tashkil qilar, qo'llarida esa metall qurollar bo'lgani aytilgan. Birinchi yordam ko'rsatilganiga qaramay nevrologik jarohatlar natijasida vafot etgan. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика