Manjukichning agenti: “Yuventus”? Marioni “Bavariya”da hamma narsa qoniqtiradi”
03 jan 2014 13:07
Yangiliklar


Manjukichning agenti: “Yuventus”? Marioni “Bavariya”da hamma narsa qoniqtiradi”
“Bavariya” hujumchisi Mario Manjukichning agenti Ivan Cvetkovich, mijozining “Yuventus”ga o'tish imkoniyatlari xususida to'xtalib o'tdi.
“Mario bor etiborini CHempionlar ligasida g'olib chiqishni rejalashtirayotgan “Bavariya”ning o'yinlariga qaratgan. Gvardiola ham Manjukichning o'yinlari haqida iliq fikrda.
Marioning “Bavariya” bilan tuzgan shartnomasi yana ikki yil amal qiladi. SHuning uchun o'yinchi “Yuventus”ga o'tadi deb hech ham o'ylamayman. Bundan tashqari Manjukichni “Bavariya”da hamma narsa qoniqtiradi”, - deya takidladi Cvetkovich.

Fikrlar