Manuel Pellegrini: "Xart Angliya termasiga chaqiruv olishga haqli"
09 noy 2013 18:42
Yangiliklar


Manuel Pellegrini: "Xart Angliya termasiga chaqiruv olishga haqli"
"Manchester Siti" ustozi Manuel Pellegrini klub posboni Jo Xartni Angliya termasiga chaqiruv olganidan xursand.
– Men Xartni termaga chaqirishganidan xursandman. U bunga haqli. Jo JCH-2014 saralashi vaqtida termaning asosiy posboni bo'ldi. O'ylashimcha, termada qolishi kerak. Klubga kelsak men jamoaga foydali bo'lgan qarorni tanlayman. Ayni paytda biz Kostel Pantilimonga ishonayapmiz. Ammo Xartga ham ishonamiz. Qachon safga qaytishini esa ko'ramiz, – deydi Pellegrini Sky Sports ga.

Fikrlar