Manuel Pellegrini: “Hujumkor o'yinga erishganimiz – katta natija”
16 jan 2014 13:05
Yangiliklar


Manuel Pellegrini: “Hujumkor o'yinga erishganimiz – katta natija”
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini, Angliya Kubogi 1/32 finali doirasida “Blekbern” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (5:0) jamoasining o'yinini yuqori baholadi.
- Hujumkor o'yinga erishganimiz – katta natija. Avval aytganimdek kuboklarni qo'lga kiritish zarur, ammo o'yinning o'zi ham chiroyli bo'lishi kerak. Muxlislar ko'p gol ko'rishsa, o'yindan zavqlanishadi, shuning uchun ham biz ko'proq gol urishga harakat qilayapmiz. “Manchester Siti” muxlislarga yoqadigan barqaror jamoa bo'lishi kerak, - Pellegrinining so'zlarini keltiradi "Sky Sports".

Fikrlar