Manuel Pellegrini: "Bu mavsum Liga kubogida g'olib bo'lishimizga umid qilaman"
22 jan 2014 12:56
Yangiliklar


Manuel Pellegrini: "Bu mavsum Liga kubogida g'olib bo'lishimizga umid qilaman"
"Manchester Siti"ning ustozi Manuel Pellegrini Angliya liga kubogi yarim finali doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.
"Futbolchilarim professional harakat qilishdi. Ha, birinchi o'yinda 6:0 hisobida g'alaba qozonganimiz ishimizni osonlashtirdi. Finalga g'alaba qozonib chiqishni istadik. Liga kubogida biz 19ta gol urdik va bitta o'tkazib yubordik. Bu mavsum sovrinni qo'lga kiritishga umid qilaman. Finalda kim bilan o'ynashni istayman? "Manchester Yunayted" va "Sanderlend" kuchli raqiblar, shu bois buning farqi yo'q", - deydi "Siti" ustozi.

Fikrlar