Manuel Pellegrini: "Bu yil o'z maydonimizda ko'p ochko yo'qotdik"
10 may 2015 23:45
Yangiliklar


Manuel Pellegrini: "Bu yil o'z maydonimizda ko'p ochko yo'qotdik"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini KPRga qarshi o'yindan so'ng (6:0) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'ylaymanki, Aguero chempionatning eng yaxshi to'purari bo'lmoqchi ekanligini ko'rsata oldi. Unga gol kiritish muhim edi. David Silva esa istalgan o'yin taqdirini hal qilib yubora olishi mumkin. Bu yil o'z maydonimizda ko'p ochko yo'qotdik", - deydi chililik murabbiy.

Fikrlar