Manuel Noyer: "Imkon qadar uzoq vaqt futbol o'ynamoqchiman, tanam ijozat bersa albatta"
04 iyu 2019 20:00
Yangiliklar


Manuel Noyer: "Imkon qadar uzoq vaqt futbol o'ynamoqchiman, tanam ijozat bersa albatta"
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer o'zining ehtimoliy faoliyatini yakunlashi to'g'risida fikr bildirdi.
"O'z ishimni juda yaxshi ko'raman. Darvozada o'ynash yoqadi. Imkon qadar uzoq vaqt futbol o'ynmoqchiman, tanam ijozat bersa albatta. SHunga muvofiq, futbolchilik faoliyatimni davom ettiraman", - deydi Noyer.
Germaniyalik posbon 33 yoshli posbon faoliyati davomida "Bavariya" safida 7 karra Bundesliga chempioni (2013-2019), 4 marta Germaniya kubogi, 3 marotaba Germaniya superkubogi, UEFA CHempionlar ligasi va Superkubogi, Klublar o'rtasidagi jahon chempioni (2013) bo'lgan.
Germaniya terma jamoasi bilan 2014 yili Jahon chempioni bo'lgan hamda musobaqaning eng yaxshi darvozaboni sifati etirof etilgan.
Joriy mavsum u jarohati sabab ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordi. Noyerning statistikasi bilan ushbu>>> havolada tanishishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar