So’nggi yangiliklar

16:39"Андижон" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  2 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  1 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  13 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3

Manuel Noyer: "Eng yaxshi o'yinim "Frayburg"ga qarshi 0:0 bilan tugagan bahs bo'lgan" Yangiliklar

Manuel Noyer: "Eng yaxshi o'yinim "Frayburg"ga qarshi 0:0 bilan tugagan bahs bo'lgan"

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi hujumchisi darvozaboni Manuel Noyer “Die Welt” nashri uchun intervyu berdi. Unda u o'zining tutgan o'rni, nima sababdan Filipp Lamning kotibi bo'lishni istashi va boshqa turli masalalar borasida savollarga javob qaytardi.
- Janob Noyer, hozirda yomon baho olib kelayotgan maktab o'quvchilari nima deyishmoqda?
- Menga talim bering.

- Ular o'sha bahoni o'zlari emas, balki Manuel Noyer olganini gapirishmoqda.
- Ha, buni eshitdim (kuladi). Ishtirokimdagi reklamadan bir juft gaplar ommaviy muloqotda ishlatilayotganini bildim. Albatta, o'quvchilar besh olsa va ota-onalari ularga o'sha bahoni ular emas, balki Noyer olgani to'g'risida gapirsa, yaxshiroq bo'lardi.

- Siz CHak Norris va Xans Sarpey kabi internet afsonalari bilan bir qatorda bo'lishingiz mumkin.
- Ha, lekin bu bilan biror narsa qilishim mushkul. Odamlar o'zi aniqlab oladigan va o'z-o'zidan paydo bo'ladigan narsalar bor. Do'stlarim menga yana va yana ibora va gaplarni yuborishmoqda.

- Noyer haqida qo'rqinchli hazil qanday nomlanishini bilasizmi?

- Yo'q.

- ParaNoyya.
- Yomon emas.

- Bunday mashhurlik sizga yordam beradimi?
- Yo'q, menimcha, bu shunchaki kulguli. Menga futbolni kengroq qarashlarda ko'rish yoqadi. Reklama roligida suratga tushish yoki “Dahshatlar universiteti” multfilmida ovoz berish juda ham quvnoq holat. Lekin birinchi o'rinda men darvozabonman.

- Hamisha ideal bo'lish mumkin emas, bazida bir oz tin olish lozim, aks holda bu xatolarga olib keladi. Avvalgi haftada siz “Borussiya”dan to'p o'tkazib yubordingiz.
- Ishoning, buni bajonidil o'zgartirgan bo'lardim. Biroq xatoni barcha qilishi mumkin, shunga qaramay, o'zim qilgan xatodan jahlim chiqdi. Boshqa tomondan hozirgidek darvozabon bo'lmaganimda bu holat yuz bermagan bo'lardi.

- Nimani nazarda tutyapsiz?
- Tavakkal qilish o'yinimning bir qismi sanaladi. To'pni tepishdan adashganimda bu qo'pol xatodek ko'rinadi. Biroq aynan shunday uslub yordamida ko'plab vaziyatlarni bartaraf etaman.

- Statistikaga ko'ra, bu sizning “Borussiya”ga qarshi o'yinlardagi 4-qo'pol xatoingiz bo'ldi. Raqib sizni cho'chitadimi?
- Yo'q, xatoni muxlislar ham bilishadi. SHunday gollar borki, hech narsa deya olmayman va faqat o'zimdan xafa bo'laman. CHunki ularni bartaraf etishim mumkinligini bilaman. Bazida noto'g'ri o'ynaganim tufayli yuzaga keladigan xatolar mavjud. Farqi mana shunda. Darvozabonlar ishiga shuning uchun tushunish bilan etibor berish kerak.

- Bu darvozabonlar taqdiri, o'yinda 2-3 marta ko'zga tashlanishi mumkin.

- Siz televizor orqali ko'rsatiladigan ideal tasvir haqida gapiryapsiz. Mening vazifam esa turlicha. O'yinni boshlanishidan oxirigacha tashkil qilaman, o'ynayman va vaziyatlarni avvaldan baholayman.

- Lekin ko'plab uchrashuvlarda o'yin sizdan 70 metr uzoqda o'tadi.
- Bunday emas. Men tez-tez o'yinga kirishib turaman. Gvardiolaning uslubi to'pni ko'p saqlab turishga qaratilgan. SHu sababli men jamoa bilan birga ishlayman.

- Nima uchun jahon chempionatida oxirgi himoyachi vazifasini bajaradigan yangi darvozabon prototipiga aylandingiz?
- Braziliyada o'yin uslubimni o'zgartirmadim. Hamisha shunday o'ynaganman. Jahon chempionatida barchasi boshqacha, etibor boshqacha saviyada bo'ladi. SHuning uchun birdaniga bu men kashf etgan darvozabonning yangi turdagi o'yiniga aylandi. Aslida bunday emas.

- Nimchorak finalda Jazoirga qarshi uchrashuvda jarima maydonidan tashqarida uning ichiga nisbatan ko'proq bo'ldingiz. Biror marta to'pga tashlanishingiz noaniq chiqishi to'g'risida o'yladingizmi?
- Bu professional tavakkallik, bu haqida bilaman.

- Lekin bitta xato va qizil kartochka Germaniya terma jamoasini musobaqadan chiqarib yuborishi mumkin edi.
- Tavakkalga o'zim uchun bormayman, barcha meni ajoyib deb o'ylashi uchun emas, jamoa uchun amalga oshiraman. Bir narsani bilaman, to'pga tashlanishlarni qilmaganimda o'shanda turnirdan chiqib ketardik.

- Darvozabon jamoada o'yin qoidasini buzmaydigan yagona o'yinchi bo'lishi mumkin. Bu uning boshqalardan ajratib qo'yilgani tufaylimi?
- Yo'q. Ehtimol, avval shunday bo'lgandir. Bugun biz 10 nafar maydon o'yinchisi va bir darvozabon bilan emas, 11 nafar o'yinchi bilan harakat qilyapmiz. Ulardan biri to'pga qo'li bilan tegishi mumkin. Darvozabonlar o'yini ancha o'zgarib ketgan.

- Darvozabon eng yaxshisiga erishish haqida o'ylaydigan bo'lishi (perfekcionist) kerakmi?
- Ha, albatta.

- Siz maydondan tashqarida ham shundaymisiz?
- Bunda o'zimga bazan ehtiyotsizlik qilishga yo'l berishim mumkin. Darvozabon sifatida esa mashg'ulot yoki o'yin paytida shunday bo'la olaman. Qarta o'ynayotgan paytda ham 8 kozirdan 8tasini xohlayman. Lekin uyda divanning yostiqchasi tushib yotganining farqi yo'q.

- Darvozabon poziciyasiga sokinlik olib kelishingiz mumkinmi?
- Ha, bo'lmasa aqldan ozish hech gap emas. SHunchaki odam bo'lish va o'zingni bo'sh qo'yish ham kerak. Ishimizda bosim va erkin bo'lish o'rtasidagi meyorni topish muhim. Buni har bir futbolchi uddalashi kerak.

- Agar xatoga yo'l qo'ysangiz, kechasi bilan yostiqni chaynamaysiz, shundaymi?
- Yo'q. O'zing bilan to'g'ri bo'lishing lozim. Aybni boshqalarga ag'darib, o'zingni aldashdan foyda yo'q. Nima bo'lganini bilaman va bundan xulosa chiqaraman. Muammo mensiz hal bo'lmaydi. Oxirida shu malum bo'ladiki, xato nima uchun ro'y bergani va kelajakda undan qanday qochish mumkinligin bilaman.

- Hamisha xatolarni tuzatish kerak bo'lsa, baxtli bo'lish mumkinmi?
- Albatta. Juda baxtli bo'ladigan o'yinlar bo'ladi. Ular muxlislar uchun tomoshabop bo'lmasligi mumkin, xatto jamoadoshlaring va murabbiylar uchun ham. Lekin darvozabonlar murabbiyi har doim mening qanday hisoblashimdan xabardor bo'ladi.

- SHuni tushuntirib bersangiz, iltimos.
- Gollarga boy keskin o'yinlar qoida bo'yicha eng qiyinlari bo'lmaydi. To'pni o'yinda saqlash, hujumlarni boshlash, jarima maydonida xo'jayinlik qilish – bular juda muhim. Agar bularni uddalasam, o'yindan keyin xursand bo'laman.

- Eng yaxshi o'yiningiz qaysi?
- 2012-yil “Frayburg”ga qarshi kechgan uchrashuv. Birinchi bellashuvda 7:0 hisobida zafar quchgandik. Lekin 0:0 hisobida tugagan bellashuv men uchun darvozabon sifatida deyarli ideal bahsga aylangan. Bu boshqacharoq ko'rinsa ham.

- Hech kim darvozabonlar o'yinidagi haqiqiy sanatni hisobga olmasligidan xafa bo'lasizmi?
- Yo'q, menga farqi yo'q. Qoidani bilaman: penaltini qaytarganda u qahramon, qaytarsa bo'ladigan to'pni o'tkazib yuborsa esa axmoq. Bunga qo'shilaman. Buni to'g'ri deb aytsa bo'ladi.

- Jahon chempionati finalidan keyin qancha vaqt xursand bo'ldingiz?
- Haligacha baxtiyorman. Lekin bu siz o'ylagan narsa emasligini bilaman. Men hozir jahon chempionaman, biroq buni har doim ham namoyish qilmayman. Haligacha g'alabalarga tashnaman.

- CHempion sifatida odamlar siz bilan ko'proq qiziqishadi. Sevgan qizingiz bilan munosabatingiz buzilishi yanada etiborni jalb qildi.
- Baxtimga, gazetalarda shunday narsalarni o'qish uchun sartaroshga borishim shart emas. Odamlar uchun qiziqarli bo'lganim tushunarli. Futbol ko'rmaydiganlar uchun ham shunday. Lekin shovqin o'tib ketdi.

- Sovrin sizni o'rgartirdimi?
- Yo'q.

- Atrofingizdagi odamlar-chi?
- Yo'q. Hayotimda bazi narsalar o'ylaganimdan ko'ra o'zgardi. Bu ham yaxshi. Xotirjam yashashda davom etyapman, atrofga nazar tashlamayapman va chempionlikni nishonlayapman.

- Sizni pullar bilan jalb qilish mumkinmi? Angliyada tez orada televidenie bilan yangi shartnoma kuchga kiradi.
- Hamisha sport foydasiga qarorlar qabul qilaman. SHuning uchun jamoada nimalarga erisha olishim muhim.

- Demak, boshqa biror jamoaga o'tmasligingiz mumkin ekan-da?
- Bu juda ajoyib bo'lardi. Umuman olganda, bizda muvaffaqiyatlar bor. Har yili CHempionlar ligasida o'ynayapmiz, bundesligada chempionga aylanyapmiz. Ishlar qiyin ketayotgan paytda ham. Ko'pchilik o'ylagandan ko'ra qiyinroq holatda.

- Raqobat “Bavariya”dan mag'lubiyat qabul qilingunga qadar davom etadi.
- Bu boshqa jamoalarning fikri va ularning muammosi. Biz yuqori sifatga ega bo'lish uchun intilamiz, har bir uchrashuvda g'alaba qozonishga urinamiz. Lekin Germaniya chempionatida hech qachon sovg'aga ega bo'lmaysan.

- Hayotingizga etadigandan ko'proq miqdorda mablag' jamg'arib bo'ldingiz. Barchaga tanish bo'lmagan hissiyot. Siz o'zingizni ishonchli sezasizmi?
- Faoliyatimni tugatgach, qandaydir kattaroq biznes loyihani o'ylab ko'rishim lozimligi tushunarli. Investiciyalar borasida o'ta ehtiyotkorman. Lekin hayotda o'z ishimni qilib bo'lganim va qolgan narsalarning ahamiyati yo'qligi haqida gapirish men uchun emas. Faoliyatim tugagandan keyin hayotim boshlanadi. O'shanda men mashg'ul bo'ladigan vazifalarni hal qilishimga to'g'ri keladi. Ishsiz o'tirishni xohlamayman. Hozirgidek ishtiyoqli bo'lishimga yordam beradigan biror narsa zarur bo'ladi.

- Karl-Xaync Rummenigge intervyularidan birida sizni “Bavariya” boshqaruv azoligiga o'z vorisi sifatida ko'rishini aytgandi.
- Qiziqarli g'oya. Biroq hozir bundan ancha olisdaman. Buning uchun dastlab talim olishim kerak.

- SHoshiling. Filipp Lam ham “Bavariya”da lavozimlardan birini egallash to'g'risida rejalashtirmoqda.
- Filipp mendan 2 yosh kattaroq. Balki, uning kotibi sifatida ish boshlarman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика