Manolas faoliyatini "Olimpiakos"da davom ettiradi
16 dek 2021 22:28
Yangiliklar
Manolas faoliyatini "Olimpiakos"da davom ettiradi
Greciyalik markaziy himoyachi endilikda o'z mamlakatida to'p tepadi.
"Napoli" markaziy himoyachisi Kostas Manolas keyingi taqdirini Greciya chempionati bilan bog'laydi.
30 yoshli futbolchi "Olimpiakos"ga o'tadi.
U 16 dekabr tongida Afina jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tgani aytilmoqda. Malumotlarga qaraganda, u yiliga 1,5 million evro oladi.
O'yinchi klub bilan 3 yillik kelishuv tuzadi. Etiborlisi, Manolas u erda Sokratis bilan juftlikda o'ynaydi.
Fikrlar