Manjukich Xorvatiya terma jamoasi murabbiylar shtabiga kiritildi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2021, 22:37
Xorvatiya futbol ittifoqi matbuot xizmati Mario Manjukich terma jamoa murabbiylar shtabiga kirganini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Mario Manjukich kuz faslining boshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi. Futbolchi sifatida xorvat o'yinchisi "Yuventus", "Atletiko" va "Bavariya"dagi o'yinlari bilan tanilgan.

Zlatko Dalich murabbiylar shtabiga Mario Manjukich, Ivica Olich, Vedran Chorluka va boshqa mutaxassislarni qo'shdi.

Qo'shimcha qilamizki, Xorvatiya terma jamoasi navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etish masalasini hal qildi. Qatardagi mundial kelasi yilning noyabr-dekabr oylarida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: hns-cff.hr