Mane "Liverpul"ning 150 nafar xodimiga sovg'a yubordi Yangiliklar

Mane "Liverpul"ning 150 nafar xodimiga sovg'a yubordi

"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane "Liverpul" jamoasi xodimlariga birgalikdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.

Futbolchi "Liverpul"ning 150 nafar xodimiga - "farrosh ayoldan qo'riqchigacha" sovg'a yubordi, deb yozadi jurnalist Kristian Falk.

Har bir xodimga Sadio surati tushirilgan shokolad va qo'lda yozilgan xabar otkritkasi jo'natilgan.

Eslatib o'tamiz, Mane "Liverpul"dagi olti mavsumlik faoliyatidan so'ng yozda "Bavariya"ga ko'chib o'tdi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика