Mane: "Liverpul" va APL afsonasi bo'lmoqchiman"
18 apr 2019 16:52
Yangiliklar


Mane: "Liverpul" va APL afsonasi bo'lmoqchiman"
"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane jamoadagi o'zining maqsadlari haqida gapirib berdi.
"Nafaqat "Liverpul", balki butun Premer-liga afsonasi bo'lmoqchiman. Maksimal muvaffaqiyatga erishish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Klub safida 100 o'yin o'tkazish men uchun muhim ahamiyatga ega. "Liverpul"dek klubda buncha bahs o'tkazish - hayratlanarli. Bu erda ekanligimdan xursandman va klub bilan biror sovrin yutish uchun bor kuchimni ishga solaman" - deydi Mane.
Mane 2016 yilning yozida "Sautgempton"dan "Liverpul"ga o'tgan edi. Joriy mavsum 27 yoshli senegallik APLning 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 18ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar