Mane: "Koutinoga biroz hasad qilganman"
01 may 2019 10:50
Yangiliklar
Mane: "Koutinoga biroz hasad qilganman"
"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi yarim final bahsi haqida fikr bildirdi.
"O'tgan yili finalda o'ynash va dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi to'p tepish har bir futbolchiga xush yoqdi. Jamoa kerakli natijaga erishishi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman.
Firmino safga qaytganidan xursandman, chunki u jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri. Koutino? Ajoyib o'yinchi. U "Barselona"ga o'tganida biroz hasad qilganman. U hali ham yosh va yana o'sishi mumkin, chunki Koutino mehnatsevar yigit.
"Kamp Nou" ajoyib stadion. Bolaligimda "Barselona" ishtirokidagi o'yinlarni ko'rardim. Hammamiz futbolni yaxshi ko'ramiz va bu stadionda to'p tepish hammamiz uchun yoqimli bo'ladi, biroq bu bizga bosim emas, qo'shimcha kuch berishi kerak" - deydi Mane.
Fikrlar