Manchini: "Yutmaslik jonga tegdi"
11 okt 2018 11:46
Yangiliklar
Manchini: "Yutmaslik jonga tegdi"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Ukrainaga qarshi o'rtoqlik o'yinidan (1:1) so'ng, milliy jamoa so'nggi 10ta uchrashuvning 1tasida g'alaba qozonganini aytdi.
"Vaziyatlardan foydalanishda sovuqqonroq bo'lishimiz kerak, chunki gollar g'alabani taminlaydi. Hisobda oldinga chiqish uchun bor kuchimizni ishga soldik, ko'plab vaziyatlar yaratdik, Ukraina esa ikkinchi zarba bilan gol urdi. Afsuski, ishlarimiz yaxshi emas, mehnat qilishimiz kerak.
Menga ham yutmaslik jonga tegdi, xuddi qolganlar kabi. Biroq buning yaxshi tomoni bor - jamoa bahsning katta qismida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Bu o'rtoqlik uchrashuvi edi. Yakshanba kuni g'alaba qozonishni boshlaymiz deb umid qilaman. Jamoa g'alaba qozonmasa muxlislar xafa bo'lishadi. Yana bitta gol urganimizda hamma o'yinimizdan mamnun bo'lardi. Gap faqat natijada deb o'ylayman" - deydi Manchini.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar