Manchini: "To'p darvozaga borishni istamagan o'yinlardan biri bo'ldi"
03 sen 2021 09:22
Yangiliklar


Manchini: "To'p darvozaga borishni istamagan o'yinlardan biri bo'ldi"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini JCH-2022 saralashi doirasida Bolgariyaga qarshi o'yindan keyin (1:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Jarima maydonchasi ichida tartibli harakat qila olmadik - bu bugungi bahsda bizga etishmagan narsa bo'ldi. SHuningdek, bugun to'p darvozaga borishni istamagan o'yinlardan biri bo'ldi.
Bolgariya yaxshi himoyalandi, ammo biz gol urish uchun ko'p harakat qildik va afsuski, qarshi hujumdan so'ng gol o'tkazib yubordik.
Ammo yakshanba kuni g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - dedi Manchini.
Italiya terma jamoasi 5 sentyabr kuni SHveycariyaga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar