Manchesterdagi stadion oldida portlash yuz berdi
23 may 2017 10:21
Yangiliklar
Manchesterdagi stadion oldida portlash yuz berdi
Manchesterdagi "Manchester Arena" oldida xonanda Ariana Grande koncertidan so'ng ikki marotaba portlash yuz berdi.
Guvohlarning so'zlariga ko'ra, tadbirga yig'ilgan minglab odamlar orasida vahima ko'tarildi. Ilk malumotlarga ko'ra, bir necha kishi vafot etdi.
"Ariana Grandi so'nggi qo'shig'ini yakunladi va sahnani tark etishi bilan portlash ovozi eshitildi. Minglab odamlar stadionni tark etishga urinishdi, ular baqirib yig'lashardi. Tutun va yongan narsalarning hidi kelardi. Juda qo'rqinchli bo'ldi" - deydi guvohlarning biri.
Manchester policiyasi portlash oqibatida odamlar vafot etganini, hamda jarohatlanganlar borligini tasdiqladi. SHahar aholisiga voqea joyidan uzoqroqda bo'lish tavsiya etilmoqda.
"Manchester Arena" o'z bag'riga 21 ming kishini sig'dira oladi. Bu erda turli sport va madaniyat tadbirlari o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar