So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

"Manchester Yunayted"ning yangi umidi Yangiliklar

"Manchester Yunayted"ning yangi umidi

Ole-Gunnar Sulsher "Yunayted"ni qanday qilib klub tarbiyalanuvchisi atrofida qurmoqda. Keling, quyida tanishib chiqamiz.

Pep Gvardiola yaqinda bo'lib o'tgan Manchester derbisidan so'ng, Ole-Gunnar Sulsherga murojaat qilganida, Markus Reshford haqida alohida gapirdi. Kataloniyalik mutaxassis norvegiyalik murabbiy bilan suhbatda ingliz futbolchining katta muxlisi ekanligini yashirib o'tirmagan. Ikki yil oldin, agar "Yunayted"dan kimnidir sotib olish kerak bo'lganida, Pep aynan Reshfordni tanlagan bo'lardi.

Markus "Manchester Siti" bilan to'qnashuv qahramonlaridan biriga aylandi. Aynan u jamoadoshlariga uzoq vaqt mehmonda qo'lga kiritilmay kelayotgan birinchi g'alabani ulashdi. Hech kim kuchli raqibdan qo'rqmay, qizil rangdagi yosh bolalar oldinga otilishini kutmagan edi, ammo bu sodir bo'ldi. 22 yoshli Reshford, 24 yoshli Marsyal, 22 yoshli Deniel Jeyms "shaharliklar"ni taslim etishdi.


Ole-Gunnar Sulsherning "Manchester Yunayted"dagi holati jumboq ostida edi. "Tottenxem" va "Manchester Siti" ustidan qozonilgan ikkita yirik g'alabalardan keyin "Ole – aut!" deb baqirganlar jim bo'lib qolishdi. Norvegiyalik bir hafta ichida bizning davrimizdagi eng zo'r taktik ustozlarni engishga muvaffaq bo'lgani tahsinga sazovor. Oldinda qilinadigan ishlar ko'p, lekin bir muncha vaqt siz shunchaki tabassum qilib, reja borligiga va klub kelajagi porloq ekanligiga ishonishingiz mumkin.

Sulsherning fikriga ko'ra, Reshford Manchesterda tug'ilib o'sgani ayni muddao, chunki endi uni o'zi jamoani yuqoriga ko'tarib boradi.

Hozir "Reshi" o'z faoliyatidagi eng yaxshi formasini namoyish etmoqda. 13ta gol kiritgan holda, 2017/18 va 2018/19 mavsumdagi eng yaxshi ko'rsatkichlariga erishdi. Ulardan 11tasi ligada urilgan. Faqat Vardi, Abraxam va Obameyang ko'proq to'p kiritishdi, lekin eng yaxshi 15 to'purarning hech biri Markusga qaraganda ko'proq golli uzatma amalga oshirmadi. Bu Sulsher uchun juda muhimdir: u nafaqat o'zi, balki boshqalar haqida ham o'ylaydigan hujumchiga ega.


Hech kim u kabi ko'p zarba bermadi - 41 marta. Oldin noto'g'ri yo'naltirilgan jarima zarbalari ayni paytda darvoza tomon to'g'ri va xavfli etib bormoqda.

Hujumchi shubhasiz o'ziga ko'proq ishonishni boshladi. Markus hatto maydon tashqarisida ham o'zidan iliq taassurot qoldiryapti. Unga o'zini ijtimoiy tarmoqlardan uzoqroq tutishi tavsiya qilindi. Futbolchi internetda yangi homiylik shartnomalari bilan maqtanishning o'rniga Manchesterdagi uysizlar muammolarini hal qilish ustida ishlamoqda.

Resh - nafaqat to'purar va assistent, shuningdek, fintlar namoyishchisi va havodan kelayotgan to'pni qabul qilishda ustasi farangdir.


Katta maydonga chiqib kelishida Lui van Galning poydevor qo'yganligi va Joze Mourinyuning istedodiga tan berganligi uchun Markus Reshford taqdirdan minnatdor bo'lishi zarur. Sulsher faqat bitta o'yinchining mahorati tufayli g'alaba qozona olmaydi, lekin u "Manchester Yunayted"ni Reshford atrofida qura oladi.

"Manchester Yunayted" muxlislari mahalliy yigitning sevimli klubi libosida dunyo afsonasiga aylanib borayotganini kuzatib borishmoqda. Nima ham deymiz: omad Resh!


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика