So’nggi yangiliklar

17:46Гвардиола "Сити" томонидан 22 марта қоида бузилгани ҳақидаги маълумотга изоҳ берди  1 17:11"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни оширди  1 16:21Испания терма жамоаси футболчиси 40 млн. евро эвазига "Атлетико"га ўтди  2 16:10"Акрон" - "Динамо". Эсанов таркибдами?  4 15:43"Тоттенхэм" - "Бавария". Таркиблар эълон қилинди  3 15:30"Атлетико" 30+5 млн. евро эвазига ҳужумчи сотиб оляпти  4 15:00ОКМК ФК ва Қирғиз Республикаси академияси ўртасида меморандум имзоланди  3 14:49Франция ҳужумчиси: "Аргентиналиклар байрамимизни бузмоқчи эди, аммо у янада яхшироқ бўлди"  1 14:11Кьеза "Ювентус" қайдномасига киритилмади  2 13:46"Ал Иттиҳод" Эдерсон ўрнига 11 млн. евро эвазига бошқа дарвозабон сотиб олади  2 13:35"Вест Хэм" "Барселона" қизиққан Гидо Родригесни текинга ўз сафига қўшиб олади  1 12:36"Андижон" 17 та ўйиндан буён ОКМКни мағлуб эта олмаяпти  7 12:19Отаменди: "Францияликлар ғалабани бизнинг оиламиз вакиллари олдида нишонлашди. Нишонлагинг келса, олдимга кел, ҳал қиламиз"  17 12:01 "Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонларимиз - Алиев Диёрбек ва Маматов Муҳаммадамин  0 11:40"Қизилқум" - "Бунёдкор" ўйинидан кейинги қизиқарли фактлар  1

"Manchester Yunayted"ning muammosi - Mourino emas Yangiliklar

"Manchester Yunayted"ning muammosi - Mourino emas

"Manchester Yunayted" yanvar oyida Mourino bilan shartnomani uzaytirdi va murabbiy qanday natija ko'rsatsa ham, yangi mavsumda "Old Trafford"da qolishini isbotladi.

O'shandan keyin 6 oy davomida "Yunayted"da o'zgarishlar ko'rdik. Aks holda murabbiy istefoga chiqqan bo'lardi. Mavsumoldi turnelarida Mourino matbuotga yulduzlar, JCH tufayli dam olayotganlar, tarkibning darajasi, transferlar oynasidagi muammolar haqida ko'p gapirdi. Jurnalistlar va muxlislar murabbiyning ko'p gapirishini shunday izohladi: Mourino bu tarkib bilan hech nima qila olmasligini bilib, o'zini oqladi.

Futbol olami Mourinoni erta aybladi va u olti oydayoq sharmandalarcha jamoadan ketishini taxmin qilishdi. Murabbiyning shon-shuhrati o'ziga qarshi ishladi: bashoratchilar klubning muvaffaqiyatsizligini taxmin qilib, Mourning ketishi fikrini ilgari surishdi.

"Manchester"dagi asosiy muammo - Mourino emas, bu transferlar oynasi vaqtida bilindi. Murabbiy tezkor istefo uchun tayyorlanmayapti, u rahbariyatgacha baqirmoqda. Joze rahbariyatga kimlar kerakligini borib malum qilgan, bu ro'yxat ancha vaqt oldin Ed Vudvordning qo'liga borgandi. Ammo...

Ammo, harakatlar bo'lmadi. "Yunayted"ning o'yinini kuchaytira oladigan birgina futbolchi olib berildi. Amerikaliklar sahiylik qilib, Mourinoga Diogu Dalotni berishdi. Biroq u jamoaning o'yinlarida katta rol o'ynamasligi aniq.

Rahbariyat 33 yoshli futbolchilar Eshli Yang va Antonio Valensiya o'ynaydigan qanot himoyachilariga, Van Gal davrida jamoaga kelgan Xuan Mataning o'rniga o'ng qanot vingeri olib kelinmadi. O'tgan yili Vudvord "Inter" bilan Ivan Perishichning transferi borasida kelisha olmagandi. SHu boisdan "Yunayted"ning shu poziciyasida katta yoriq paydo bo'ldi.

"Yunayted"ning yana boshog'riq nuqtalaridan biri - markaziy himoya bo'lib turibdi. MYUda bu poziciyada bazida iqtidorlar, ammo tajribasizlar, ayrim vaqtlarda tajribalilar va o'rtacha saviyalilar faoliyat olib bordi. Mourino jamoaga kelganida avvaliga Bayi-Lindelof tandemini orzu qilgandi. Ammo mavsum davomida Roxo va Smolling juftligi maydonda bo'ldi.

"Yunayted" transferlar oynasining so'nggi soniyalarigacha Alderveyrldning narxini tushirishga va Maguayrni Angliyaning eng qimmat himoyachisiga aylantirishga intildi. "Iblislar" yashirincha Diego Godinning agenti bilan uchrashishdi. Ammo agent mijozi "Atletiko" shartnomani yaxshilamasagina futbolchi "Yunayted"ga ko'chib o'tishini malum qildi.

Angliyada transferlar oynasi odatdagidan ancha vaqt oldin yopildi. SHu boisdan "Yunayted" o'zining nozik nuqtalarini yopa olmay qoldi. Agarda "Liverpul" bilan solishtiradigan bo'lsak, bu klub barcha nuqtalarini kuchaytirdi. Demak, oz vaqt davomida ko'p ishlarni bajarsa bo'ladi.

"Manchester"ning rahbarlari yaqindagina shartnoma uzaytirilgan murabbiyni qo'llab-quvvatlamadi va uni yarim yo'lda tashlab qo'ydi. Agarda Mourino hujum chizig'ini dunyo darajasidagi futbolchi bilan to'ldira olganida ser Aleks davridagi improvizaciyalarni ko'rishimiz mumkin edi. Himoyada bemalol Valensiya, Jons, Smolling va Yangning o'yinlarini tomosha qilaverardik.

MYU reklamalardan va boshqa kelishuv, shartnomalardan, muxlislardan qancha mablag' ishlab olayotganini hisobga olsak, transferlardagi mablag'ni tejashni mantiqsizlik desak bo'ladi. Muxlislar va ekspertlar shu boisdan ham jamoaning ustidan ko'p bora xazillar qilishdi.

Millionlab reklama beruvchilar jamoani kuchaytirmaydi, Ular ajoyib bo'lgan "Yunayted"ning qaytishini, jamoaning brendini rohat bilan reklama qilishni istaydi. Menejerlarning asosiy yutug'i - jamoaning muxlislari ko'pligida.

Albatta, reklama komponentiga juda ham bog'liq bo'lgan zamonaviy futboldagi vaziyatni romantizaciya qilish shart emas. Ammo ajablanarli tomoni shundaki, "Yunayted"ning sportcha hayoti biznes bilan tutash kelmaydi va unga tasir ham qilmaydi. O'tgan mavsumda yig'ilishlardan birida Ed Vudvord MYUning natijalari klubning moliyaviy holatiga tasir qilmasligini aytib o'tgandi. Agarda "Manchester" atrofidagi hayajonli o'yin sovrinlarga asoslangan bo'lsa,  muxlislar ham stadionga kelaveradi.

Qizil kiyimli yigitlar so'nggi yilda "Dedpul", "CHivas" viskilari, "Kohler" santexnikasi, "MoPlay" bukmeker kompaniyasini reklama qilib bo'ldi. Reklamalar shunchalik chiroyli ishlanadi-ki, buni unutish qiyin. Nahotki, shunday tarixga boy jamoa yosh, "tuxumdan chiqqan" "Siti"dan ortda qolayotgan bo'lsa...

Xitoylik, rus va amerikaliklar, umuman olganda barcha sodiq muxlislar 7-o'rinda mavsum yakunlagan bo'lsa ham, murabbiyni tanqid qilsa ham, asabi buzilsa ham, jamoaga sodiq qolaverishdi.

Fergi ketganidan keyingi yozda, Moyesning ilk mavsumida Ed jamoaga Fabregas, Beyl va Ronalduni olib kelmoqchi bo'ldi. Mourino jamoaning 3dan 2 qismini qayta tashkil qildi. Bu vaqtda Mourino arab shayxlarining ishonchida 20dan oshiq qimmatbaho transferlarni amalga oshirdi. Joze esa hali ham himoyani mustahkamlash bilan ovora.

Rahbariyatning shunday poziciyasi yana bir marta Manchesterning qizil tomoni rivojlanish yo'lida emasligini ko'rsatib berdi: "Yunayted" Di Mariya va Pogba uchun katta pul sarflaydi, biroq zaif nuqtalar uchun qo'shimcha millionlarni sarflashdan bosh tortadi. U murabbiylarga ishonadi va qo'l ostidagi tarkib bilan istagan yo'lda ketishiga imkon beradi, bazida qattiq rejimda ishlaydi va transferlar bozorida o'z xatti-harakatlarini taqdim qiladi.

Mavsumoldi tayyorgarliklari vaqtida Mourino barcha zaxrini muxlislarga sochdi, ammo bu klubdagilarga tegishli edi. CHunki "Old Trafford" egalari qo'llab-quvvatlovlarsiz qolib ketdi. Endi holat boshqacha tarzda ketadi: yoki jamoa o'tgan yilgidek zerikarli o'yin ko'rsataveradi yoki jamoaning ichki muhiti zaharlanadi. Mourino yana noldan jamoani quradi.

SHundan keyin rahbariyat yana boshqa murabbiy izlay boshlaydi. U rahbariyat bilan munozaraga bormaydigan,  yiliga 100 millionlab foyda keltiradigan, qo'l ostidagi tarkibga shukur qiladigan bo'lishi kerak. SHuningdek, jamoani chempionlikka boshlashi lozim.

Mourino ko'pchilikni aybladi. Marsyalning yomon jismoniy holati, aslida unga imkoniyat ham berilgani yo'q. Vaholanki, van Gal davrida francuz MYUning yuragiga aylanib bo'lgandi. Yoshlarga ishonamagan murabbiy mavsumoldi tayyorgarligida faqatgina shundaylarga ishonch bildirishga majbur bo'ldi.

Qattiq tanqid qilingan futbolchilar yana 100 foizlik vaziyatlarni ura olmaydi, jamoada sust o'yin ko'rsatadi.

Jozeni ham ayblab bo'lmaydi. U yangi mavsum oldidan barchani tanqid qildi, faqatgina norozi bo'ldi. "Manchester Yunayted" - Gleyzerlar uchun hayot, Ed Vudvord esa "oltin topilma". MYUning murabbiyi va o'ziga hos o'yin uslubi bor. Jamoa o'tgan mavsumda 2-o'rinni egalladi. Yangi mavsum g'alaba bilan boshlandi. Demak, vahima qilishning vaqti emas.

Tez orada barchasi o'zgarishi mumkin.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика