"Manchester Yunayted"ning kelasi yozdagi asosiy transfer maqsadi ma'lum bo'ldi

Alisher
19 okt 2019, 12:12
"Atletiko" xavbeki Saul Nigesga "Manchester Yunayted" klubi jiddiy qiziqmoqda.

"Qizil iblislar" 24 yoshli ispaniyalik o'yinchiga 2020 yil yozgi transferlar oynasidagi asosiy transfer maqsadi sifatida qaramoqda.

Xabar qilinishicha, MYU Saulning transferiga 100-120 million funt sarflashi mumkin.

Saul joriy mavsum La Liga doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Saul "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Matraschilar" 2013-2014 yilgi mavsumda yarim himoyachini "Rayo Valekano"ga ijaraga berishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS