“Manchester Yunayted”ning 37 yoshli futbolchisi U-21 safida debyut golini urdi
21 fev 2024 00:35
Yangiliklar
“Manchester Yunayted”ning 37 yoshli futbolchisi U-21 safida debyut golini urdi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubining 37 yoshli futbolchisi Tom Haddlston U-21 jamoasida debyut golini urdi.
Mazkur voqea “Manchester Siti”ning U-21 jamoasiga qarshi o'yinda sodir bo'ldi.
Asosiy jamoadan o'rin ola bilmagani uchun U-21 tarkibida futbolchi-murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan yarim himoyachi “qizil iblislar” libosida gol urib, 2:1 hisobidagi g'alabaga hissa qo'shdi.
Eslatib o'tamiz, Tom Haddlston professional futboldagi ilk o'yinini 2003 yilda o'tkazgan.
Fikrlar