"Manchester Yunayted"ga Forsberg bilan shartnoma imzolash taklif etildi
31 iyu 2020 16:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/584068_original.jpg)
![](/upload/storage/584068_220.jpg)
"Manchester Yunayted"ga Forsberg bilan shartnoma imzolash taklif etildi
"RB Leypcig" xavbeki Emil Forsberg faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
28 yoshli futbolchi Angliya chempionatida o'ynashni xohlamoqda, shu sabab u agentidan o'z xizmatlarini "Manchester Yunayted"ga taklif qilishni so'ragan.
Xabarlarga ko'ra, agent shuningdek Forsberg bilan shartnoma imzolashni "Lester", "Everton", "Arsenal" va "Tottenxem" klublariga ham taklif etgan. Klub o'yinchining sotuvidan 17 million evro ishlab olmoqchi.
SHved joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar