"Manchester Yunayted" va "Yuventus" jazolanishi mumkin
24 okt 2018 22:40
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" va "Yuventus" jazolanishi mumkin
"Manchester Yunayted" UEFA tomonidan jarimaga tortilishi mumkin.
O'yin boshlanmasidan oldin maydonga "Yuventus" muxlisi yugurib tushdi. Uchrashuv yakunlanganidan keyin esa yana 2 muxlis maydonga Krishtianu Ronaldu bilan selfiga tushish uchun borishdi, biri esa buni uddaladi.
Ammo gap bunda emas. "Qizil iblislar" o'yinga kechikdi. UEFA talablariga ko'ra, jamoalar o'yin bo'ladigan stadionga uchrashuv boshlanishidan 75 daqiqa oldin etib borishlari kerak. MYU esa yo'ldagi tirbandliklar bois, o'yin boshlanishiga 50 daqiqa qolganida etib borgan. "Yuventus" esa 65 daqiqa qolganida stadionga tashrif buyurgan.
Uch hafta oldin "Yunayted" "Valensiya"ga qarshi o'yinga kech etib borgani uchun 15 ming evro jarimaga tortilgandi. Bu safar ikki jamoa ham jazolanishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar