"Manchester Yunayted" va "Real" Makedoniyaga uchib ketdi (foto)
07 avg 2017 16:41
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" va "Real" Makedoniyaga uchib ketdi (foto)
Ertaga Makedoniyaning Skope shahrida "Real" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasida UEFA Superkubogi uchun bahs o'tkaziladi.
"Manchester Yunayted"ning Premer-ligadagi mavsumi yakshanbada boshlanadi, biroq ular futbol mavsumini ertadan boshlab olishadi. "Qizil iblislar" Evropa ligasi g'olibi sifatida Makedoniyadagi Skope shahrida bo'lib o'tadigan UEFA Superkubogida ishtirok etadi. Dushanba kuni tongda Joze Mourino shogirdlari sovrin uchun bahs bo'ladigan Skope shahriga uchib ketishdi.




"Real" yulduzi Krishtianu Ronaldu o'zining sobiq jamoasi "Manchester Yunayted"ga qarshi UEFA Superkubogi uchun bo'ladigan bahsda ishtirok etishi mumkin. Bugun "Qirollik klubi"ning Superkubokda ishtirok etadigan qaydnomasini elon qildi, unda yaqinda mashg'ulotlarga qo'shilgan portugaliyalik ham bor.

"Real" ham dushanba kuni Makedoniya tomon uchib ketdi.






championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar