So’nggi yangiliklar

02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  40 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  23 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  6 23:19Бир-икки, бир-икки...  8 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14 22:26Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Фрайбург"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 22:25Лига 1. "Монако" - "Ланс" 1:1, Ҳусанов Минамино ва Балогунга қарши  4 22:09Ўзбекистон U-20 жамоаси Хитойдаги мусобақага йўл олмоқда. Сафар олдидан видео репортаж  2 21:55АПЛ. "Ливерпуль" "Олд Траффорд"да "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  67 21:33"Спартак" Туркия терма жамоаси футболчиси учун саккиз миллион евро таклиф қилди  2 21:03КХДРнинг ёпиқ ўтган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  8 20:10ҚПЛ. "Қайрат" — "Астана" ўйини тақдирини 84-дақиқадаги гол ҳал қилди, Йўлдошев эса...  2

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida katta ustunlik qilgan holda Mourino va "Tottenxem"ni mag'lub etdi! Yangiliklar

APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida katta ustunlik qilgan holda Mourino va "Tottenxem"ni mag'lub etdi!

APLning 15-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Tottenxem" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib boring.

"Manchester Yunayted" - "Tottenxem" 2:1

Gol: Reshford (7), Alli (39), Reshford (49-pen).

"Manchester Yunayted": De Xea, Van Bissaka, Lindelof, Maguayr, Yang, MakTominey, Fred, Jeyms, Lingard (SHou, 87), Reshford, Grinvud (Pereyra, 81).
Zaxiradagilar: Romero, Mata, Garner, Tuanzebe, Uilyams.

"Tottenxem": Gassaniga, Ore, Alderveyrld, Sanches, Vertongen, Uinks (Ndombele, 70), Sissoko (Lo CHelso, 86), Alli, Son, Moura (Eriksen, 65), Keyn.
Zaxiradagilar: Ostin, Rouz, Dayer, Foyt.

Ogohlantirish: Uinks (13).

Manchester United

Marcus Rashford - 6', Marcus Rashford - 49'

Premier League . 15-tur

04/12/2019, 23:30

1
:
2
Tugadi

Tottenham Hotspur

Dele Alli - 39'

Stadion: Old Trafford, 73252 tomoshabin

Bosh hakam: Paul Tierney

45'
90'
6'  Marcus Rashford
49'  Marcus Rashford
80'  Mason Greenwood (Andreas Pereira)
87'  Jesse Lingard (Luke Shaw)
13'  Harry Winks
39'  Dele Alli
64'  Lucas Moura (Christian Eriksen)
70'  Harry Winks (Tanguy Ndombele)
85'  Moussa Sissoko (Giovani Lo Celso)

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!!!!! Hech kim ishonmagan "Manchester Yunayted" o'z maydonida Mourino va "Tottenxem"ni mag'lub etdi. Bugungi uchrashuvni siz uchun Mirjalol Normatov va Nodir Abdurasulov matnli translyaciya qilib borishdi. MYU muxlislarini tabriklab qolamiz!

Ha, hozir De Xea MYUni yaqqol goldan qutqarib qoldi. Lekin baribir qahramonona seyv bo'lmadi.

90+3. ZARBAAA! Alli! Qanday imkoniyat edi! Foydalana olmadi. Zarbasi kutilganidek chiqqani yo'q.

90+3. Reshford hozir juda qulay vaziyatni qo'ldan chiqardi.

90+2. Burchak zarbasi. Eriksenning uzatmasi hammadan o'tib ketdi va qarshi hujum...

90+2. Hali unday deyishga erta. Uning jamoalari ajoyib kambeklar qilgan.

Mour "Tottenhem"dagi ilk mag'lubiyatini qabul qilishga yaqin turibdi.

4 daqiqa qo'shib berildi.

90. "Tottenhem" bor kuchini hujumga tashladi.

Sulsher avtobusning yangicha uslubini ishlab chiqqan ko'rinadi. Har holda "Tottenxem"ning hujumlari unchalik xavfli chiqmayapti.

88. Ndombeledan yaxshi zarba bo'ldi. De Xea o'z o'rnida.

Yang endi markazga ko'chadi. CHapda SHou o'ynaydi.

Himoyachi tushdi. Bu nimani bildirishini tushunib turibsiz...

87. O'zgarish. Kutganimdek Lingard o'z o'rnini SHouga bo'shatib berdi.

Lingard yotganini ko'rib, biroz quvongandek bo'lgandim... U MYUning o'yiniga biroz negativ tomonlama tasir o'tkazmoqda.

85. O'zgarish. Sissoko o'rniga Lo CHelso tushirildi.

85. Nihoyat! "Oq"lar ham zarba berishdi. Serj Ore jarima maydonchasi ichida omadini sinab ko'rgandi. Kuchsiz zarba bilan ham omad sinalarkanmi?

83. Menimcha, Lingard ham "Tottenxem"ga o'tgan))

80. Sulsher sizni yana bir bor eshitdi. Ko'rinmay qolgan futbolchini Sulsher almashtirdi.

79. Grinvud tusharmikin bugun?

78. Asta-sekin o'yin tezligi pasaydi. Endi jamoalar shaxmat kabi taktik o'yin qilishadi.

77. Hali xulosa qilishga shoshilmang. MYUda Reshford bo'lsa, "Tottenhem"da uni tarbiya qilgan Mour bor...

76. Menimcha bugungi o'yini bilan "Tottenxem" g'alabaga loyiq emasdek...

75. Oxirgi 10 daqiqada to'p nazoratida yaqqol ustunlik mehmonlar tomonida, %(30-70)

74. Gassaniganing jaxlini chiqardi hozir Skott. O'tgan safar olgan jarohatining alamini olmoqchi bo'ldi shekilli.

73. Eriksen hozir orzular og'ushida yuribdi. "CHemodan" kayfiyati unga tinchlik bermayapti.

72. Yang Eriksenga o'yin bermayapti. Qariya...

70. Kutilgan o'zgarish. Tangi Ndombele Harri Uinksni almashtirdi.

U shunchaki Mourino. Boshqa tarif kerak emas unga.

70. Mirjalol, sizga Mourning qaysi jihatlari yoqadi?

69. Zarbaaaaaaa!!! Gassaniga Jeymsning zarbasini qaytardi!

67. Uinks bugun o'zini ham, raqibini ham ayab o'tirmayapti. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

Endi kim Yangning qanotidan reydlar uyushtiradi(

65. "Tottenxem" markazni MYUga topshirib qo'ygandi. Mourino buni ko'rdi va Eriksenni tushirdi.

64. Nodirni eshitdi u. Moura o'rniga Eriksen maydonga tushdi.

Mour gapimni "championat.asia" sayti orqali o'qib, qaror qilgan ko'rinadi: Eriksen maydonga tushishga taraddud ko'rmoqda. Albatta bu hazil))

63. Zarbaaaaaaaaa!!! Jeymsning zarbasini Gassaniga osonlik bilan ushlab oldi.

Markazda Fred va MakTominey juftligi hukmronlikni o'z qo'llariga olishgan.

61. O'zgarishlardan esa darak yo'q. O'yinning naq 1 soati ortda qoldi. Reshfordning fintlariga oshiq bo'lib qoldim)))

60. "Tottenxem" asta-sekinlik bilan o'yinni MYU yarim maydoniga ko'chirmoqda.

Darvoqe, APL to'purarlari bilan tanishtirib o'ta qolaylik-a!
1. Jeymi Vardi ("Lester") - 13 ta gol
2. Obameyang ("Arsenal") - 10 ta gol
3. Temmi Abraxam ("CHelsi") - 10 ta gol
4. Cerxio Aguero ("Manchester Siti") - 9 ta gol
5. Markus Reshford (MYU) - 9 ta gol
...
9. Harri Keyn ("Tottenhem") - 7 ta gol

58. Sezyapsizmi, MYU bugun butun bir maydon bo'ylab yoyilib olgan holda har tomonlama ideal hujumlar qilishmoqda.

57. Uinks qoidani buzdi. U bugun juda ko'p qora ishni bajarmoqda.

57. Maguayr yaxshi eplayotgandi. U bugun MYUning himoyasidagi dirijyori bo'lmoqda

56. Sezyapsizmi bugun jamoa sardorlari ortiqchalik qilishmoqda?

Lindelof tomosha qilish uchun xot-dogga ham borib keldi)

53. Sonning zarbasini Fred qaytardi. Koreyalikda yaxshi vaziyat bo'lgandi

52. Men ham aytdimkuuuu. Bugun emas, MYU zeriklarli o'ynamaydi deb

51. Aytgandimaaaa, MYU bugun boshqacha o'ynaydi deb...

Ikkita bo'limda ikkita tezkor gol 22 yoshli MYUning tajribali futbolchilaridan biri bo'lgan Markus tomonidan kiritildi.

49. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Reshford penaltidan unumli foydalandi! 2:1!

Ore va Sissoko.... SHunchaki tomoshabin bo'lishdiku bu master-klassga

47. PENALTIIIIIIIIII!!!!!!! Ore o'z jarima maydonchasi ichida Reshfordni yiqitdi!!! MYU bu mavsumda 6 penaltining 4tasidan unumli foydalana olmagan!

Aytgancha, ikkimizning ham taxminimiz o'xshamadi.

46. Ikkinchi bo'limni ham boshlab oldik.

Biz ham biroz dam olamiz, lekin uxlab qolish yo'q))

45+3. Bugun emas. Pol Tirni hushtagini chaldi va TANAFFUS

"Yunayted" APLning eng zerikarli jamoasi, deb hisoblayman.

45+2. CHalg'itmang! Zerikarli deyishingiz bilan Reshford "shporlar" jarima maydonchasiga yorib kirmoqda...

45+1. Taym zerikarlilashib ketdi, degan fikrga qo'shilasizmi?

Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Bu erda siz savdo qilyapsiz... Sulsherga o'zingiz javob berasizmi? Himoyachilarsiz o'ynash qanday oqibatga olib kelishi esingizdami???

44. Yangni tekinga olmasangiz, yoniga Lingardni qo'shib sotamiz))

43. Avtobusga nima qildi o'zi? Alli yomon sindirdikuu! Buni VARdagilar qayta-qayta mazza qilib tomosha kilishdi...

41. Tekin narsa tatimaydi. O'zingizga buyursin)

40. Yang kerakmi? Tekinga beramiz?

39. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!! Alli hisobni tenglashtirdi!!! 1:1! CHoyini ichib bo'lgan De Xea bitta seyv qildi va keyin Alli katta sahnaga chiqmoqda! 1:1

37. Ha men ham shu fikrdaman. CHunki, menga ham bir piyola ilindi)))

36. Bunga "Tottenxem" aybdor. De Xea choy ichyapti

35. De Xea maydondami o'zi? Avtobusning ichida bor-yo'qligi ham bilinmayapti...

34. MYU "Old Trafford"ga ikkita "avtobus"da kelgan))

33. Butun MYU Mourga qarshi o'ynayotgandek, xatto Jeyms ham Mour bilan kutilmaganda birga-bir chiqdi))

Ahir biz buyuk to'qnashuvlardan birini ko'ryapmiz

31. Dastlabki 30 daqiqa shuuuuvvvv etib o'tib ketdimi?

30. Hozircha yaqqol ustunlik MYU tomonida. Zarbalar 8:1. Mourino MYUning yutishini istayapti shekilli)

29. Menga ko'proq Reshfordning o'yini ijobiy taassurot qoldirmoqda. Ronalduning yoshligi qaytib kelmadimikin, deb o'ylab qolyapman.

29. Lingard shu erda ham noaniq zarba berdi. Yangi oyoq kerak unga

28. Lukas Mourani MYU yigitlari yugurtirishyapti... Uchburchak o'yinni ko'ryapman

Menimcha o'zi)))

Mourning odamlari bo'lsa kerak-a?!))

Darvozani surib qo'yishdi))

25. Nima bo'ldi? Gassaniga darvozasi oldida er qimirladimi?

25. ZARBAAAAAAAAAAAAA!!!! Uydagilarni uyg'otib yubormang baqirib! Reshfordning shedevr zarbasi golga aylanmadi....

24. Fredning zarbasi... To'p sal qolsa De Xeaga borardi aylanib))

24. Zarbaaaaaaaaaa!!! Grinvudning zarbasini Gassaniga qaytardi!!!! Uxxxxxxxx!!!! MYU ikkinchisini urishga sal qoldi.

23. Ha, shunday. MYU ancha vaqtdan buyon "avtobus"dan voz kechmagan.

22. Reshfordning tezkorligini ham aytish kerak. "SHporlar" himoyada turib to'pni nazorat qilish orqali hujumga o'tish uchun bo'sh zonalar qidirishmoqda. Mourning "avtobus"i MYUda qolib ketgandek tuyulmayaptimi sizga?

Golda Gassaniga yaqqol xato qildi.

19. Zarbaaaaaaaaaa!!!! Reshfordning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. Xavfli zarba bo'lgandi.

Yo'q, u Keynning alamini oldi))

Sissokoni Fredda qasdi bormi?

16. O'zimizga kerak Yang. Xato qilib, asabni ham buzadigan kerak bizga))

14. Uinks ogohlantirildi. Jeymsni turtib yuborgan futbolchi shu edi. Yangga Uinksni almashamizmi?

Eshli Yangga oq libosni berib qo'ysa ham bo'ladi shekilli.

Yomonga o'lim yo'q))

Yiqilayotib, Mourni ham jarohatlab qo'yishi mumkin edi-ya! Tizzasi joyidamikin, Mourning?

13. Uinks Jeymsni, Jeyms esa Mourinoni jarohatladi. Zanjir reakciyasi. Denielga rostanam qattiq zarba tegdi.

Bu zarba bilan De Xeani darvozasiga gol urib bo'lmaydi

12. Keynning zarbasi noaniq!

11. Lukas Moura, Son Hyon Min asosiy ishni bajarishi va Keynga ko'proq bo'sh zonalar yaratib berishlari ham mumkin. Harri Keyn to'xtatildi. Fred aybdor. Yaxshi imkoniyat. Jarima zarbasi

10. Aytmaganmidim, "Yunayted" bugun o'zgaradi. "Tottenxem" esa sarosimaga tushmadi.

9. Mourino jamoasi to'pni butkul MYUga topshirib qo'ydi: 76-24(%)

7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!!! Reshford taxminan 15 metrlardan o'tkir burchak ostida bo'lsa ham, Gassaniga darvozasi yaqin burchagini aniq nishonga oldi! 1:0!

6. Fikringizga qo'shilaman. Hozir to'pni kim ko'proq o'zida ushlab turadi, ko'proq bosim qilish salohiyati qaysi jamoada ko'rinmoqda?

5. Ser davri boshqacha edi, ha. Ammo o'sha paytda futbol ham boshqacha bo'lgandi. Hozirgi futbolning shaxmatdan farqi yo'q.

4. MYUning muxlislari soni kundan-kunga umidsizlanib, o'yingohga bormaslikni ham afzal ko'rishayotgandek. Baribir, Ser Aleks Fergyusson davri boshqacha edi, shunday emasmi? Sulsher, Bekhem, Ronaldu, Runi, Nani, O'zgacha futbolchilar edi

2. Negadir "Old Trafford"da bo'sh o'rindiqlar ko'ryapman. Yoki faqat menga ko'rindimi?

1. Uchrashuv boshlandi!

00:29. Nodir Abdurasulov: O'yinchilar maydonga chiqib kelishdi! Stadion suhandoni tarkiblarni birma-bir o'qib eshittirmoqda

00:28. Mirjalol Normatov: Aytgancha, taxminim 1:0. Jamoalar stadionga chiqib kelishdi. Fantastik atmosfera!

00:27. Nodir Abdurasulov: Orzu qilishdan aslo to'xtash kerak emas. Orzulari ushaladi... Lekin, orzuingiz meni junbushga keltirib yubordi. Sababi, afsonaviy "Old Trafordd"dagi atmosfera, shunchaki dahshat! Boshqa tarif topa olmadim.

00:24. Mirjalol Normatov. Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. Orzularimdan biri APL o'yinini stadiondan ko'rish. Nima deb o'ylaysiz, bu ushalarmikin?

00:22. Nodir Abdurasulov: Mening o'yinga bildirgan taxminimga ko'ra, "Tottenxem" 0:1 hisobida g'alabaga erishadi. Ehtiyotkor, lekin shu bilan birga jangovar o'yinni kutmoqdaman. Darvozabonlarga ham ko'p narsa bog'liq.

00:18. Mirjalol Normatov: "Yunayted"da esa jamoa o'yiniga katta o'zgarish qilmaydigan ikki yo'qotish bor: Pogba va Marsyal. Ularning o'rni akademiya futbolchilari MakTominey va Grinvud bilan yopildi. Demak, MYUning akademiyasi zo'r ishlayapti.

00:16. Nodir Abdurasulov: Bu gapingizda ham jon bor, albatta. Londonliklarda bir qator yo'qotishlar bor. Xususan, "SHporlar" bugungi bellashuvda, Erik Lamela (pay cho'zilishi), Ben Devis (to'piq) va Mikel Vorm xizmatlaridan foydalana olmaydi. Ugol Loris (tirsak) esa keyingi yildan safga qaytishi mumkin. Ushbu futbolchilar jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirishmoqda.

00:14. Mirjalol Normatov: Aslida unchalik ham yosh emas bugungi tarkib. Kichkina demang bizni, ko'tarib otamiz sizni deyishmoqda ular. Demak, nimadir bo'lishi ham mumkin.

00:12. Nodir Abdurasulov: Etibor bergan bo'lsangiz, "qo'rqinchli dekabr" oyi boshlanib bo'ldi va jamoalar endi har 3-4 kunda o'yinlarda maydonga tushishadi. Bu borada jamoa asosi MYU akademiyasidan chiqqan yoshlardan kurilganini inobatga olsak, tiklanish jarayoni ularda bir muncha qiyin kechishi mumkin. Har holda ular, "Tottenhem" jangchilari kabi har yili APLda muntazam o'ynab kelishmayotgandi va tajriba ham o'z so'zini aytishi mumkin. Masalan, "Sulsherning bolalari qariya Mourning tajribali futbolchilariga qarshi" nomi sizga qanday eshitiladi?

00:06. Mirjalol Normatov: "Yunayted" oldingi o'yinlariga mos ravishda o'yin ko'rsatarmikin yoki "Liverpul"ga qarshi o'yin kabi jamoa o'zgararmikin?

00:02. Nodir Abdurasulov: Pogbaning jarohat olishi qisman jamoa o'yiniga tasir qilgani bor gap. Lekin, uning o'yindan tashqari voqealarga ko'proq aralashib qolganligi, francuzning futbol olamida porlashidan ko'ra, so'nishini tezlashtirib yubormoqda. Jamoaviy muhit ham yaxshi emasmi, deb o'ylab qolasan kishi.

23:59. Mirjalol Normatov: Mourino baribir o'z ishini yaxshi biladi. Ketganidan keyin o'z ustida ishlagani ko'rinib turibdi. Hattoki o'yin uslubida ham o'zgarishlar bor. Biroq bugun men MYUdan umuman o'zgacha futbol kutyapman. Mourino esa g'alaba uchun qo'lidan kelganini qiladi, alamini olishga intiladi. Savolim bor edi: Pogba jarohat olgan. Menimcha MYUning o'yinlari pasayishiga uning ham, balki, "hissasi" bordir. Nima deb o'ylaysiz?

23:53. Nodir Abdurasulov: Umuman, Mourino "Tottenhem" bilan 3 ta o'yin o'tkazib bo'ldi va barchasida g'alaba qozonganini aytish kerak: "Vest Hem" 3:2, "Olimpiakos" 4:2, "Bornmut" 3:2. Ko'rib turganingizdek, uchala bahsda ham kamida 3 tadan gol urilgan. Mourino o'zining mashhur "avtobus" o'yinidan voz kechgandek. Hujumga ko'p etibor berilmoqda. Ammo, himoyada ham muammolar borligi sezilib qolmoqda. MYUga kelsak, bir nima deya olmayman. Barqaror o'yinni ko'rmayapman.
Mour MYUdan ketganidan so'ng ilk marta "Old Trafford"ga tashrif buyurmoqda. Bugun undan nimalarni kutyapsiz?

23:45. Mirjalol Normatov: Nodir, nima deb o'ylaysiz, Mourino effekti bugun "Tottenxem"ga qanchalik darajada yordam beradi? "Yunayted" muhim o'yinlarda barcha ishonchni oqlamoqda axir.

23:42. Nodir Abdurasulov, Championat.asia sayti xodimi: Jamoalarning so'nggi 5 o'yinida 4 tasi APL va yana biri Angliya Kubogi doirasida o'tkazilgan.
13 yanvar, 2019. "Tottenhem" - "Manchester Yunayted" 0:1 (APL)
27 avgust, 2018. "Manchester Yunayted" - "Tottenhem" 0:3 (APL)
21 aprel, 2018. "Manchester Yunayted" - "Tottenhem" 2:1 (Angliya Kubogi, yarim final)
31 yanvar, 2018. "Tottenhem" - "Manchester Yunayted" 2:0 (APL)
28 oktyabr, 2017. "Manchester Yunayted" - "Tottenhem" 1:0 (APL)

23:39. Mirjalol Normatov, Championat.asia sayti xodimi: "Manchester Yunayted" esa ayni paytda APLning 10-pog'onasida bormoqda — 18 ochko (4 ta g'alaba, 6 ta durang, 4 ta mag'lubiyat, To'plar nisbati: 21-17). 

23:35. Nodir Abdurasulov, Championat.asia sayti xodimi: "Tottenhem" ayni paytda APLning 6-pog'onasida bormoqda — 20 ochko (5 ta g'alaba, 5 ta durang, 4 ta mag'lubiyat, To'plar nisbati: 24-21).

- Bugungi uchrashuvni saytimizda ikki xodim matnli debat tarzida sharhlab borishadi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика