"Manchester Yunayted" Sulsherga uch o'yinlik imkoniyat berdi
27 okt 2021 19:08
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Sulsherga uch o'yinlik imkoniyat berdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherga o'z lavozimini saqlab qolish uchun uchta o'yinga imkoniyat berildi.
Unda "qizil iblislar" "Tottenxem" (30 oktyabr), "Atalanta" (2 noyabr) va "Manchester Siti" (6 noyabr)ga qarshi maydonga tushadi.
Boz ustiga, agar o'yinlardan biri "Liverpul"ga (0:5) qarshi o'yin singari muvaffaqiyatsiz kechsa, klub rahbariyati murabbiyni ertaroq istefoga chiqarishi mumkin.
"Manchester Yunayted" allaqachon yangi murabbiy qidirishni boshlagan. Mankunianliklar rahbariyati norvegiyalik murabbiy uchun uchta o'yinlik imkoniyat berdi.
Fikrlar