"Manchester Yunayted" "serbiyalik Ramos"ni sotib olmoqchi
29 mar 2018 19:44
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" "serbiyalik Ramos"ni sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" "Partizan"ning 18 yoshli futbolchisi Svetozar Markovichni sotib olmoqchi.
Bu haqda "Manchester Evening News" nashri xabar berdi va uni Serxio Ramosga qiyosladi.
Serbiyalik skaut Budimir Vuyachich "Yunayted"ga bu futbolchi borasida fevral oyida xabar bergandi. O'sha oyda u professional futbolda debyut qildi va Evropa ligasi doirasida "Viktoriya"ga qarshi o'yin o'tkazdi.
Markovich "Partizan" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 yilda asosiy jamoa bilan shartnoma imzolagan. U bu mavsumda 3 marta maydonga tushdi. Uning transfer narxi 100 ming evro bo'lishi mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar