"Manchester Yunayted" Rafinyani xarid qilishi mumkin
15 fev 2021 01:03
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Rafinyani xarid qilishi mumkin
"Manchester Yunayted" rahbariyati "Lids Yunayted" futbolchisi Rafinya Diasning transferiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar tarqatdi "Manchester Evening News".
Takidlanishicha, MYU mutasaddilari 24 yoshli braziliyalikni Brunu Fernandesh bilan birga sinab ko'rmoqchi. Fernandesh va Rafinya 2018-2019 yilgi mavsumda Lissabonning "Sporting" klubida tandem hosil qilgan edi.
Malumot uchun, Rafinya "Lids" tarkibiga joriy mavsum boshlanishidan avval kelib qo'shilgan edi (15 million funt sterling evaziga). U APLning 19 uchrashuvida 4 gol urib, 5 ta golli uzatma amalga oshirishga ulgurdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar