"Manchester Yunayted" "Old Trafford"ni rekonstrukciya qiladi
15 mar 2022 20:00
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" "Old Trafford"ni rekonstrukciya qiladi
OAV "Manchester Yunayted"ning o'z uy stadionini tamirlash rejalari haqida xabar topdi.
The Telegraph nashrining yozishicha, birinchi variant – "Old Trafford"ni buzib, yangi arena qurish. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, "qizil iblislar" rahbariyati 90 000 o'rinli stadion qurishni rejalashtirmoqda.
Ikkinchi variant – tribunalardan birini kengaytirish. Navbatdagi echim sifatida barcha sektorlarni rekonstrukciya qilish keltirilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Old Trafford" 1910 yil fevral oyida ochilgan. Deyarli 76 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi.
O’xshash yangiliklar
17:36
Bu qiziq! "Manchester Siti" Braziliya U-17 va Argentina U-17 sardorlarini o'z safiga qo'shib oldi 1

Fikrlar