"Manchester Yunayted" Nmecha uchun taxminan 48 mln evro berishga tayyor. Dortmundliklar xavbekni sotmoqchi emas
20 mar 16:18
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Nmecha uchun taxminan 48 mln evro berishga tayyor. Dortmundliklar xavbekni sotmoqchi emas
Feliks Nmecha "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.
Angliya klubi yozgi transferlar davrida 24 yoshli markaziy yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, mankunianliklar xavbek uchun taxminan 48 million evro berishga tayyor.
Ammo, Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchini jamoaning asosiy o'yinchisi deb hisoblaydi, shu bois uni sotishga intilmayapti.
Feliks Nmecha joriy mavsum Bundesligada 19 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar