So’nggi yangiliklar

18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  1 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  2 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  5 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  2 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  6

"Manchester Yunayted" muxlislari uchun xushxabar Yangiliklar

"Manchester Yunayted" muxlislari uchun xushxabar

APL klublari mashg'ulotlarni boshlab yuborishganidan xabaringiz bor.

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher muxlislar uchun ajoyib xushxabarni aytib o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, jamoa hujumchisi Markus Reshford va yarim himoyachisi Pol Pogba jarohatdan to'liq tiklandi va maydonga tushishga tayyor.

Reshford kechagi mashg'ulotga kelayotgan payt.


Reshford belidagi jarohati to'liq tuzalmay turib yana qaytalab olgani bois yanvar oyidan beri maydonga tushmayotgan bo'lsa, Pogba esa oyoq osti va to'pig'idagi jarohat sabab mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi.

"Ularning ahvoli yaxshi, mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda va boshqalar bilan bir xilda ishlashmoqda.

Hozircha hech qanday salbiy reakciyalar yo'q. Katta ehtimol bilan mavsum qayta tiklanganda to'liq tarkibda tayyor bo'lamiz", - dedi Sulsher klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Pol Pogba kechagi mashg'ulotga kelayotganda.


Eslatib o'tamiz, MYU o'yinchilari hozircha kichik guruhlarga bo'lingan holda masofa saqlab mashg'ulotlar olib borishmoqda.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика