"Manchester Yunayted" Harri Keynga qiziqishini saqlab qoladi
28 fev 2023 12:35
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Harri Keynga qiziqishini saqlab qoladi
"Manchester Yunayted" Angliya terma jamoasi hujumchisini o'ziniki qilishni istaydi.
"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Hag transfer bozori ochilishi bilan hujumchi izlashga kirishadi. Yozgi transferlar oynasi uchun bu bosh maqsad sifatida belgilab olindi. Hozirda bir qator variantlar o'rganib chiqilmoqda.
29 yoshli forvardning shartnoma holati diqqat bilan kuzatib borilmoqda. Harri Keyn kelayotgan yozda "Tottenxem" bilan amaldagi shartnomasining so'nggi yiliga kirib boradi. U 2018 yilda "shporlar" bilan 6 yillik bitimga imzo chekkan edi.
Myunxenning "Bavariya" klubi ham Harri Keyn bilan kelishuvga erishish uchun harakat qilmoqda.
Ingliz futbolchisi joriy mavsumda APL vakili safida jami 34 ta o'yinda maydonga tushdi va 20 ta gol urib, 4 ta assist qayd etdi.
Fikrlar