"Manchester Yunayted" Germaniya terma jamoasi hujumchisini nishonga oldi
14 noy 10:44
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" Germaniya terma jamoasi hujumchisini nishonga oldi
"Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya" klubi vingeri Karim Adeyemi haqida futbolchining agenti bilan muloqot olib borishgan.
Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg malum qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, nemis jamosai 23 yoshli vinger bilan shartnomani uzaytirmoqchi, biroq tomonlar kelishuvga erishishmagan. Sababi futbolchi yangi shartnomada 70-80 million evroga jamoani tark etishi mumkinligi to'g'risidagi bandni kiritishni talab qilgan, biroq bunga "Borussiya" rahbariyati rozi bo'lishmadi.
Joriy mavsumda germaniyalik barcha turnirlarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЖЧ-2026га қуръа ташланди. Барча гуруҳлар маълум!
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Плей-офф: "Қўқон-1912" ва "Машъал" Суперлигада қолди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Fikrlar