"Manchester Yunayted" futbolchisi Turkiya chempionatiga yo'l oladi
06 fev 2024 22:28
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" futbolchisi Turkiya chempionatiga yo'l oladi
Kristian Eriksen faoliyatini "Galatasaroy"da davom ettiradi.
Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen yaqin kunlarda Turkiya chempionatiga o'tadi, deb xabar berdi "Fotomaç".
Xabar qilinishicha, 31 yoshli daniyalik sotib olish huquqi bilan Istanbulning "Galatasaroy" klubiga ijaraga beriladi.
Kristian Eriksen joriy mavsum manchesterliklar tarkibida 19 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar