"Manchester Yunayted" Fernandesh bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda
02 iyu 2021 11:27
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" Fernandesh bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Brunu Fernandesh bilan bitimni uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, tomonlar yangi bitim borasida muloqotni boshlashdi. Qayd etish kerakki, shartnoma uzaytirilgani borasida iyuldayoq elon qilinishi mumkin.
26 yoshli portugaliyalik futbolchi Angliya klubiga "Sporting"dan 2020 yilning yanvarida 55 million evro evaziga o'tgandi.
Futbolchi bu vaqt davomida MYU tarkibida 80ta o'yinda maydonga tushib, 40ta gol va 25ta assist qayd etdi. Fernandeshning manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 26

Fikrlar