"Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga yangi nomzod paydo bo'ldi. U 32 yoshda
09 okt 2019 10:17
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga yangi nomzod paydo bo'ldi. U 32 yoshda
MYU bosh murabbiyligiga yangi nomzod topildi.
"Qizil iblislar" rahbariyati jamoaning yangi bosh murabbiyligiga "RB Leypcig" ustozi Yulian Nagelsmanni munosib deb ko'rishmoqda.
Xabar berilishicha, manchesterliklarga 32 yoshli nemis mutaxassisining futbolga yangicha qarashlari yoqmoqda.
SHuningdek, "qizillar" Nagelsmanni MYUni raqobatdosh jamoaga aylantira oladi deb hisoblashmoqda.
Nagelsman murabbiylik faoliyatini 21 yoshida boshlagan. Mutaxassis 2016-2019 yillarda "Xoffenxaym"ni boshqarganidan so'ng "RB Leypcig" klubiga o'tgan edi.
Eslatib o'tamiz, MYUning hozirgi bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher mavsumning omadsiz startidan so'ng istefoga chiqarilishi borasida gap-so'zlar yangramoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar