"Manchester Yunayted" - APLning moliyaviy etakchisi
10 avg 2015 13:45
Yangiliklar


"Manchester Yunayted" - APLning moliyaviy etakchisi
SHu bilan birga, "Manchester Yunayted" doimo eng qimmat klublar safida bo'lgan.
1999 yilda barcha jamoalarning umumiy narxi 1,5 mlrd. funt edi va faqat "Manchester Yunayted"ning o'zi 625 mln. funt bo'lgan. 2015 yilda Premer-liganing barcha klublari narxi 8,4 mlrd. funtga etdi va "qizil iblislar" 1,85 mlrd. funtga baholanib, ro'yxatda birinchi o'rinni egallab turibdi. Ularning eng yaqin taqibchisi "Arsenal"dir (1,12 mlrd. funt).
Doktor Markxem hisob-kitobda foyda, jamoa aktivlari va umumiy rentabellikka asoslangan formuladan foydalangan. Uning fikricha, yaqin yillar ichida ingliz klublarining narxi faqat o'sadi.
"Bu ligaga chiqishning o'ziyoq klubga 60 mln. funt narx qo'shadi. Jamoaga 2016-2017 mavsumdagi translyaciya uchun pullar kela boshlasa, har bir klub yana o'nlab mln. funtga o'sadi" - deydi Markxem.
1999 yildan beri telehuquqlar bahosi deyarli 10 baravarga oshgan, oliy divizion klublarining umumiy foydasi esa 353%ga o'sgan va yiliga 772 mln. funtdan, 3,5 mlrd. funtga ko'tarildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar