"Manchester Siti" yarim himoyachisini 4-6 haftaga yo'qotdi
22 okt 2020 12:18
Yangiliklar


"Manchester Siti" yarim himoyachisini 4-6 haftaga yo'qotdi
"Manchester Siti" ECHL 1-turi doirasida "Portu"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Ushbu bahsda "shaharliklar" yarim himoyachisi Fernandino jarohat oldi. Braziliyalik futbolchi o'yinning so'nggida zaxiradan maydonga tushdi, ammo bir necha daqiqadan so'ng almashtirildi.
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola 35 yoshli o'yinchining 4-6 haftaga safdan chiqqani borasida gapirdi.
Fernandino joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar