"Manchester Siti" yana bir rekord o'rnatdi
04 avg 2019 23:13
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/510485_original.jpg)
![](/upload/storage/510485_220.jpg)
"Manchester Siti" yana bir rekord o'rnatdi
Xabaringiz bor, bugun Manchester Siti Angliya Superkubogida Liverpul ustidan zafar (1:1, pen: 5-4) quchib, bosh sovrin egasiga aylandi.
«SHaharliklar» uchun mazkur titul 2019 yildagi to'rtinchisi bo'ldi. SHu tariqa, Pep Gvardiola shogirdlari bunday natijaga erishgan Angliya futboli tarixidagi ilk klubga aylandi.
Yil boshi, yani, fevral oyida manchesterliklar Liga Kubogining finalida «CHelsi»ni (0:0, pen: 3-4) mag'lub etib, musobaqa g'olibi bo'lishdi. Keyin esa mayda, avvaliga APLda (98 ochko bilan) zafar quchishgan bo'lsa, so'ng, Kubokning hal qiluvchi o'yinida «Uotford»ni yirik hisobda (6:0) taslim etib, bosh sovrin egasiga aylanishdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar