"Manchester Siti" va "CHelsi" "Everton" himoyachisi uchun kurashadi
03 iyu 2020 00:56
Yangiliklar
"Manchester Siti" va "CHelsi" "Everton" himoyachisi uchun kurashadi
"Everton" chap qanot himoyachisi Lyuka Din ushbu yozda katta maqomga ega klubga o'tishi mumkin.
ESPN xabariga ko'ra, 26 yoshli futbolchiga "Manchester Siti" va "CHelsi" davogarlik qilmoqda.
Har ikki klubning asosiy maqsadi "Lester"dagi Ben CHiluell hisoblanadi, francuz esa qo'shimcha variant sifatida ko'rib chiqilmoqda.
Lyuka Dinning transfer narxi 28 million evroni tashkil qiladi.
Futbolchi joriy mavsum "Everton" safida 33 uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani qayd etdi.
Fikrlar