"Manchester Siti" va "Arsenal" A Seriyadagi top-forvardga qiziqishmoqda
18 fev 2022 11:25
Yangiliklar
"Manchester Siti" va "Arsenal" A Seriyadagi top-forvardga qiziqishmoqda
"Arsenal" va "Manchester Siti" yangi top-hujumchi qidirish harakatida.
Angliya klublari Milanning "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martinesga qiziqishmoqda.
APL vakillari argentinalik uchun yozgi transfer oynasida kurashishmoqchi. "Kanonirlar" Lautaroni Per-Emerik Obameyangga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda, "shaharliklar" esa allaqachon forvard qidirishmoqda.
Martinesning transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar