"Manchester Siti" sobiq futbolchisi CHempionship klubi bilan shartnoma imzolaydi
04 noy 2019 17:11
Yangiliklar


"Manchester Siti" sobiq futbolchisi CHempionship klubi bilan shartnoma imzolaydi
Yarim himoyachi Garet Berri "Vest Bromvich"ga qaytadi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. Futbolchi bungacha erkin agent maqomida edi, ammo yana sobiq klubiga qaytadi.
Xabar qilinishicha, u tizzasidan olgan jarohatidan forig' bo'lgan. Berri bundan oldin aynan "Vest Bromvich" sharafini himoya qilgan.
38 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Vest Bromvich" safida 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan.
Berri klub rasmiy saytiga bergan intervyusida jamoani Premer-ligaga qaytarishni xohlayotganini aytgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar