"Manchester Siti" "Nyukasl"ni taslim qildi. Marmushdan xet-trik, Husanov to'liq o'ynadi
15 fev 21:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814799_original.jpg)
![](/upload/storage/814799_220.jpg)
"Manchester Siti" "Nyukasl"ni taslim qildi. Marmushdan xet-trik, Husanov to'liq o'ynadi
"Manchester Siti" o'z maydonida "Nyukasl"ni qabul qildi. Uchrashuvda "shaharliklar" yirik 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Misrlik Omar Marmush xet-trik qayd etdi. Husanov esa to'liq o'ynadi. Ushbu g'alabadan keyin "Man Siti" ochkolari sonini 44 taga etkazib 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
Manchester City Omar Marmoush - 19', Omar Marmoush - 24', Omar Marmoush - 33', James McAtee - 84' |
Premier League . 25-tur 15/02/2025, 20:00 0
:
4
Tugadi
|
Newcastle United |
Stadion: Etihad Stadium
Bosh hakam: Andrew Madley
APL, 25-tur
15.02.2025
"Etixad stedium", Manchester
"Manchester Siti" - "Nyukasl" 4:0
Gollar: O.Marmush (Ederson) 19, (I.Gyundogan) 24, (Savino) 33, J.Makati (E.Xoland) 84
Bosh hakam: Endryu Medli
"Manchester Siti": 31.Ederson Moraes, 5.Jon Stounz, 24.Yoshko Gvardiol (75.Niko Orayli, 87), 45.Abduqodir Husanov, 82.Riko Lyuis, 14.Niko Gonsales, 19.Ilkay Gyundogan (8.Mateo Kovachich, 87), 47.Fil Foden (87.Jeyms Makati, 76), 7.Omar Marmush (11.Jeremi Doku, 76), 26.Savino, 9.Erling Xoland (27.Mateus Nunes, 87).
Zaxira: 18.Shtefan Ortega, 17.Kevin De Bryuyne, 20.Bernardu Silva, 22.Vitor Reys.
"Nyukasl": 1.Martin Dubravka, 2.Kiran Tripper (21.Valentino Livramento, 46), 5.Fabian Sher, 20.Lyuis Xoll, 33.Den Bern, 8.Sandro Tonali, 28.Jo Uillok (67.Lyuis Mayli, 46), 39.Bruno Gimaraesh (36.Shon Longstaff, 73), 10.Entoni Gordon (9.Kallum Uilson, 73), 23.Jeykob Merfi, 14.Aleksandr Isak (17.Emil Kraft, 90).
Zaxira: 22.Nik Poup, 11.Xarvi Barns, 13.Mett Targett, 18.Uilyam Osula.
Ogohlantirish: B.Gimaraesh 50
Uchrashuv yakunlandi.
Bosh hakam asosiy vaqtga 4 daqiqa qo'shib berdi.
87 - Gvardiola 3 o'zgarishni amalga oshirdi.
86 - Xoland tekis joydan oyog'ini qayirib oldi va tizzasidan jarohat oldi.
84 - GOOOLLL! Jeyms Makatidan gol, Xolanddan assist - 4:0.
80 - Husanov Maylini uchirib yubordi va hakam jarima zarbasi belgiladi. Xoland kelib Abduqodirni qo'llab qo'ydi.
76 - "Siti"da o'zgarishlar: Gvardiola Marmush muxlislar olqishini olishi uchun uni almashtirdi, o'rniga Doku, Foden o'rniga esa Makati tushdi.
73 - "Nyukasl"da yana ikkita o'zgarish: Gimaraesh va Gordon o'rniga Longstaff va Uilson tushdi.
60 - Zarbaaa, mehmonlar safida zaxiradan tushgan 20 yoshli Lyuis Maylining kuchli va aniq zarbasini Ederson qaytardi.
57 - Fodenning burchakdan uzatgan to'pidan keyin Xoland bosh bilan zarba berdi, darvozabon o'z o'rnida.
55 - Savinoning aniq zarbasini Dubravka ushlab oldi.
53 - Ko'z tegmasin, Husanov ketma ket havodagi to'plarni yutmoqda.
50 - Savinoga nisbatan qo'pol o'yin uchun Bruno Gimaraesh ogohlantirildi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
- Jamoalar maydonga qaytishmoqda, mehmonlar safida birdaniga ikkita o'zgarish bo'lmoqda. Maydonga Livramento va Mayli tushmoqda, Tripper va Uillok o'rniga.
Husanov va Stounz golli pas bergan Edersonni qutlashmoqda.
Birinchi bo'lim yakunlandi, tanaffus.
Uchar Marmush 14 daqiqa ichida xet-trikni rasmiylashtirdi.
33 - GOOOLLL! Omar Marmushdan xet-trik! Savinodan assist. Misrlik Marmush APLni o'ziniki qilmoqchi - 3:0. Nimalar qilayapsan Omar!
30 - Gvardiolning xatosidan keyin Isak kuchli zarba berdi, gol emas.
29 - Yana bir xavfli vaziyat, Xoland to'pni Fodenga erlatib uzatdi, Bern to'pni bir amallab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
28 - Zarbaaa, Savinoning zarbasini Dubravka katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.
24 - GOOOLLL! Omar Marmushdan dubl, misrlik hujumchi bir boshlab olsa yomon qilar ekanku. Qoyil - 2:0.
22 - Husanov kichik xatoga yo'l qo'ydi va o'zi katta tezlikda ortga qaytib xatosini to'g'riladi. Gvardiola esa bu harakatlari uchun Abduqodirni olqishlab qo'ydi.
22 - Husanov Xolandga uzun pasni ijro etdi, Erling to'pni saqlab qola olmadi.
19 - GOOOLLL! Omar Marmushshsh! Edersondan esa navbatdagi golli pas. "Siti" hisobni ochdi. Marmush ham "shaharliklar" safidagi gollar seriyasini ochib oldi.
17 - Fabina Sherning xatosidan keyin to'p Marmushga kelib tushdi, u esa Xolandga pas berishda biroz adashdi.
16 - O'yindagi birinchi zarbani Marmush berdi, noaniq.
11 - Ederson sal qolsa kalla qo'yardi. Hozircha jamoalar golli vaziyat yaratishmadi.
5 - Xoland chap qanotdan oldinga bordi va Marmushga pas berishga kechikdi.
4 - Husanov to'pni orqaga pas bermoqchidek bo'lib to'p bilan burildi va Entoni Gordonni qo'shni ko'chaga jo'natib oldinga pas berdi.
Boshladik.
- Bugun Husanov himoyaning markazida Jon Stounz bilan tandem bo'lib o'ynaydi. Lyuis o'ngda, Gvardiol esa chapda.
- Abduqodir "Man Siti"ga o'tishidan oldin aynan "Nyukasl"ga o'tish uchun juda yaqin kelgan edi, lekin yakunda Gvardiola jamoasi uloqni ilib ketgan edi.
- Assalom alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Angliyada ham, O'zbekistonda ham katta futbol kuni. Sababi, hamyurtimiz Husanov "shaharliklar" tarkibida boshlang'ich tarkibda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar
Баракалла 3 та ўйинда 3- ғалаба, Чунки ХУСАНОВ борда..