

Manchesterliklar bu o'yindan oldin klub avtobusi "Enfild" stadioniga qaysi yo'l bilan borishini sir tutmoqda. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, "Man Siti" vakillari shahar policiyasi bilan bir nechta uchrashuv o'tkazishdi. Bundan maqsad - mahalliy muxlislarning yana bir bor klub avtobusiga hujum qilishidan qutulib qolish.
O'tgan mavsum YCHL chorak final javob o'yinidan oldin "Liverpul" muxlislari "shaharliklar" avtobusiga shisha idishlar va pirotexnika vositalari uloqtirishgan.

O'tgan mavsum mana shunday holat kuzatilgan edi.



