"Manchester Siti" klubi "Lester" azosini jahonning eng qimmat himoyachisi qilmoqchi
06 mar 2019 18:45
Yangiliklar


"Manchester Siti" klubi "Lester" azosini jahonning eng qimmat himoyachisi qilmoqchi
"Manchester Siti" bo'lajak transfer oynasida "Lester" futbolchisi Ben CHiluellni qo'lga kiritmoqchi. 22 yoshli himoyachi Pep Gvardiolaning qiziqishiga sabab bo'lgan.
CHiluellning "tulkilar" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangani uchun futbolchining transfer narxi 75 mln. funtdan yuqori bo'lishi mumkin. Agar sitichilar "Lester" azosini sotib oladigan bo'lsa, u holda Ben CHiluell futbol tarixidagi eng qimmat himoyachiga aylanadi. Hozirda bu nom Virjil Van Deykka ("Liverpul") tegishlidir.
Ben CHiluell joriy mavsum APLda 27ta o'yinda maydonga tushib, 3ta golga hammualliflik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar