"Manchester Siti" Grilish uchun 100 million funt taklif qildi
30 iyu 2021 23:43
Yangiliklar
"Manchester Siti" Grilish uchun 100 million funt taklif qildi
"SHaharliklar" "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish uchun 100 million funt (117 million evro) taklif etishdi.
Oldinroq 75 million funt haqida so'z borgan edi, ammo Birmingem klubi bu raqamni 100 millionga ko'tarishni so'radi.
"Aston Villa" 2012 yildan buyon jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan tarbiyalanuvchisini qo'yib yuboradimi yoki yo'q, nomalum. Hozirgi paytda muzokaralar o'tkazilmoqda, 100 millionlik taklif rasman yuborilgan. Agar ushbu transfer sodir bo'lsa, Angliya Premer-ligasi tarixidagi rekord darajadagi xaridga aylanadi.
25 yoshli xavbek o'tgan mavsumda APL doirasida 26 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 12 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali o'yinchini 58,5 million funtga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
23:22
APL. "Arsenal" o'z maydonida "Manchester Siti"ga 5ta gol urdi, Abduqodir Husanov maydonga tushmadi 230
Fikrlar