"Manchester Siti" futbolchisi: "Karantin vaqtida asosan dars qilyapman"
08 may 2020 20:12
Yangiliklar


"Manchester Siti" futbolchisi: "Karantin vaqtida asosan dars qilyapman"
"Manchester Siti" futbolchisi Rodri karantin vaqtida nimalar bilan band ekanligini aytdi.
"Nafaqat Ispaniya, balki barcha uchun qiyin vaqt o'tmoqda. Biz aniq raqamlarni ham kelajakda nimalar bo'lishini ham bilmaymiz. Virus bilan zararlangan ko'plab tanishlarimiz bor. Karantinni esa iloji boricha foydali o'tkazyapman.
Universitetdan berilgan uyga vazifalarni tayyorlayapman. Bir necha kunlardan keyin imtihon boshlanadi. Albatta mashg'ulot qilib, jismoniy holatimni ham ushlab turishga intilyapman. Biroq diplom kelajakda kerak bo'lib qolishi mumkin. Futbolda nimalar bo'lmaydi deysiz. Futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan keyin shu sohada qolishni istagan bo'lardim", - dedi Rodri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar