"Manchester Siti" "Dinamo"ning umidli hujumchisiga qiziqib qoldi
17 jan 2020 01:20
Yangiliklar


"Manchester Siti" "Dinamo"ning umidli hujumchisiga qiziqib qoldi
Marin "shaharliklar" safiga qo'shilishi mumkin.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, Zagrebning "Dinamo" klubi hujumchisi Antonio Marin qishki transfer mavsumi yakuniga qadar APLga yo'l olishi mumkin. Gap shundaki, 18 yoshli xorvatiyalik futbolchi U-19 jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda "Manchester Siti" mutasaddilarining nazariga tushgan. Marin ingliz klubi uchun 5 million evroga tushishi mumkin.
Futbolchi joriy mavsum "Dinamo"ning asosiy jamoasida tarkibida oltita o'yin o'tkazgan, ammo samarali harakatlarni amalga oshirolmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar