"Manchester Siti" APLda 20 ta o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti
03 okt 2022 11:49
Yangiliklar


"Manchester Siti" APLda 20 ta o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti
"SHaharliklar" Premer-ligada fevraldan beri mag'lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda.
"Manchester Siti" APLdagi mag'lubiyatsiz seriyasini 20 ta o'yinga etkazdi.
"SHaharliklar" APL 9-turida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etishdi (6:3).
Pep Gvardiola jamoasi APLda so'nggi bor 19 fevral kuni "Tottenxem" (2:3)ga mag'lub bo'lgandi. O'shandan beri u 15 ta g'alaba va 5 ta durang qayd etgan.
"Manchester Siti" 8 oktyabr kuni "Sautgempton"ni qabul qilsa, 16 oktyabrda "Liverpul" mehmoni bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar